Daromadlar va xarajatlar tushunchalarining mohiyati


Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va


Download 191.04 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi191.04 Kb.
#1518031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daromadlarni shakillashtirishning xuquqiy meyoriy asoslari

Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va

xarajatlar tahlili
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda
O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi: - firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi; - kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich ; - mulk egasining asosiy maqsadi; - raqobatga bardoshlikning mezoni; - ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi; Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining4 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i asosida belgilanadi. 366 Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6. Favqulodda foyda (zarar).
7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).
8. Sof foyda (zarar).
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi: Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish. Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash. Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi.
Agar shunday bo‘lganda moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab etiladi.
Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida5 ko‘rsatilgan.
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori.
Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar, to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.
367 Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi: - qo‘shilgan qiymat solig‘i; - aksiz solig‘i; - reklama solig‘i; - mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k. Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning, odatda, ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir.
Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob raqamiga puli kelib tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo‘shish, sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib kelindi.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib, hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olish bilan xarakterlanadi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob-kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija – foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.
3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar).
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog‘lanishlarda, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan. - sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar; - boshqa olingan dividendlar; - sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar; - boshqa to‘langan va olingan foizlar; - valuta kursining o‘zgarishidan farqlar; - moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi. Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.
Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lishi mumkin.
7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq 369 to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan.
Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi. Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari, valuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi. Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi.
Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foydaga: · Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi; · Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi; · qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi. O‘lchov qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi, shuningdek, ushbu hisobot 370 shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika va mahalliy budjetga to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Foyda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar faoliyatini baholash ko‘rsatkichi va rag‘batlantirish manbayidir.
Shu tufayli faoliyatni obyektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzilishi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o‘rganmoq lozim. Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmining belgilangan assortimentdaortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga erishishga ham bog‘liq. Shu bois korxona faoliyatining barcha tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda foyda kompleks tarzda tahlil etilishi maqsadga muvofiqdir. Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal va vertikal tahlil metodlari muhim o‘rin tutadi. Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:
- tushumning o‘sish sur’ati (1,44)ning balans aktivining o‘sish sur’ati (1,36) ga nisbatan yuqori bo‘lishi balans aktivi aylanishining tezlashishiga, samaradorligining ortishiga olib kelgan; -sof foyda (3,508)ning yalpi foyda (1,248) ga nisbatan o‘sish sur’atini yuqori bo‘lishi korxonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil etilganligini ifodalaydi; -sotishdan kelgan tushum (1,44) o‘sish sur’atining yalpi foyda (1,248) ga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlarining ortib ketishiga olib kelgan; -sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi davr xarajatlaridan nisbiy iqtisodga 55,1 mln so‘m [572,5-(435,9x1,440)] olib kelgan. Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga baho beriladi. Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromad, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, umumxo‘jalik faoliyatining foydasi, favqulodda foyda va zararlarning tutgan ulushlari o‘tgan yildagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa qilinadi.
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablarga javob berishi lozim. Ya’ni, u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayoni samarasini ta’minlab berishi kerak.
Boshqaruv uchun analitik ishlanmalami bir tartibda, o‘z vaqtida hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta’minlash uchun iqtisodiy tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asoslanadi.
- Majburiyatlami taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha ma’sul belgilanadi. - Tahlil kamchiqim natijasi esa samarali bo‘lishi zarurur.
Tahlilni amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma’lumotni kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganish, ma’lumotni yig‘ish hamda uni saqlashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim.
Natijalardan esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. U asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak. - Ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlami to‘la qondirishga yo‘naltirilishi. Tahlilni turli subyektlarining informatsion talablami imkon qadar to‘la qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish.
- Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Reglamentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiyalash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalami, natija shakllarini, jadvallami, standart programmalami, umumiy baholash mezonlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish tahlil ishlari samarasini keskin oshiradi.
Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish boshqaruv apparati tarkibi va texnik darajasi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida hamma iqtisodiy bo‘limlar faoliyatini iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor muovini yoki bosh iqtisodchi boshqaradi.
U korxonada barcha iqtisodiy ishlami, shu jumladan iqtisodiy tahlilni ham tashkil qiladi. Uning boshqaruvida iqtisod va ishlab chiqarishni tashkilqilish boiimi, reja-iqtisod bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy bo‘lim va boshqa bo‘limlar bo'ladi.
Korxonada alohida tarkibiy tuzilish boMinmasida bo‘lim yoki iqtisodiy tahlil guruhi tahlil ishlarini olib boradi. 0 ‘rta yoki kichik korxonalarda analitik ishni reja bo‘limining menedjeri yoki bosh buxgalter boshqaradi. Iqtisodiy tahlil nafaqat iqtisod bo‘linmalari xodimlari majburiyatlariga, balki u texnik bo‘linmalar xodimlarining ham (bosh mexanik, energetik, texnolog, yangi texnika va boshqalar) majburiyatiga kiradi. Iqtisodiy tahlil bilan sex bo‘linmalari, brigada va uchaska rahbarlari va boshqalar ham shug‘ullanadilar.
Bu iqtisodiy bo‘linmalarda xodimlar yuqori malakaga ega bo‘lmasalarda, ulaming ishtirokisizf korxonada iqtisodiy tahlilni chuqur, har tomonlama . va mukammal o‘tkazib bo‘lmaydi. 0 ‘rganilayotgan masala bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lgan iqtisodchilar, texniklar, texnologlar, turli xil ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining birgalikdagi harakatlari bilan qo‘yilgan masalani kompleks tadqiq qilib, uni hal qilish uchun maqbul variantni topish mumkin.
Misol uchun korxonada iqtisodiy tahlil funksiyalari quyidagi holda taqsimlanishi mumkin: Reja-iqtisod bo‘limi analitik ish rejasini tuzishni, uni bajarishni nazorat qilishni, tahlilni metodik ta’minlashni amalga oshiradi; korxona va uning bo‘linmalari xo‘jalik faoliyati tahlilini shakllantiradi va natijalami jamlaydi; korxona rivojlanishining strategik va kelajak masalalami o‘rganadi; tadbirlar rejasini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi, tahlil natijasida istiqbolli va kundalik rejalami ishlab chiqadi.
Boshqaruv buxgalteriyasi mahsulotni ishlab chiqarish uchun surflangan harajatlami, moliyaviy natijalarini va boshqalami rcjalashtiradi, hamda ulami tahlil qiladi.
Moliyaviy buxgalteriya (moliya bo ‘limi) korxonaning inulkini, ulaming manbalarini shakllanish jarayonini, korxona kapitalidan samarali foydalanishni, pul oqimlarini, investitsiyalar, va undan foydalanishni, korxona moliyaviy holatini va boshqa shu kabilami tahlil qiladi.
Mehnatni tashkil qilish va ish haqi bo ‘limida ishni tashkil qilish holatini, m i yuqori darajaga ko‘tarish uchun yo‘naltirilgan tadbirlar rejasini bajarilishini, korxona mehnat resurslarining kategoriya va malakalaming ta’minoti, ish vaqti fondidan foydalanish, ish haqi fondini sarflanishi tahlil qilinadi.
Marketing bo ‘limi mahsulot bozorlarini va sotib olish bozorlarini, mahsulotlaming bozorlardagi о‘mini, mahsulotning raqobatdoshligini va uni oshirish yo‘llarini, korxona narx-navo siyosatini va korxonaning tashqi faolyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalarini o‘rganadi. Ishlab chiqarish bo‘limi hajm va assortimentga bog‘liq mahsulotni ishlab chiqarish rejasini amalga oshirishni, ishlab chiqarishning davomiyligini, mahsulot sifatini oshirishni, yangi texnika va texnologiyalami joriy etish, ishlab chiqarishni kompleks mexnizatsiyalash va avtomatizatsiyalash, uskunalaming ishlashini, material resurslami ishlatilishini, texnologik siklning davomiyligini, ishlab chiqarishning umumiy texnik va tashkiliy darajasini tahlil qiladi.
Bosh ntexanik va energetik bo‘limi mashina va jihozlami ekspluatatsiyasini, jihozlami modemizatsiyalash va remont ishlarini bajarish reja-grafikalarini, remont ishlarining sifati va narxini, jihozlami to'iiq ishlatishni, energoresurslardan ratsional foydalanishni o‘rganadi.
Texnik nazorat qilish bo‘limi xomashyo va tayyor mahsulot sifatini oshirish, xarid qiluvchilami reklama, mahsulotni ishlab chiqarish sifatini oshirish va boshqalami tahlil qiladi. Ta’minot bo ‘limi ishlab-chiqarishning material-texnik sifatini va vaqtida bajarilishini, rejadagi hajm, muddatlar, sifat bo‘yicha 249 yetkazib berishni, omborxona zaxiralari holatini, transporttayyorlov chiqimlami nazorat qiladi.
Sotish bo‘limi shartnoma majburiyatlarini va mahsulotni hajmi, sifati, muddati bo‘yicha iste’molchilarga yetkazib berish rejasini bajarilishini, omborxona zaxiralari holati va tayyor mahsulot to‘liqligini nazorat qiladi. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda ish jamoalari alohida o‘rin egallaydi. Ularga rejalashtrishda ijtimoiy va iqtisodiy masalalami hal qilishda, moddiy resurslami ratsional sarflashda, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish masalalarida, ish faoliyati sharoitlarini yaxshilash hamda himoya qilish kabi yo‘nalishlar va boshqa shu kabilarda ko‘plab vakolatlar berilgan.
Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda jamoaning birgalikdagi harakati, uning umumiyligni, yetarli malakaga ega ekanligi, korxona faoliyatini, uning natijalarini yanada chuqurroq o‘rganishni, samaradorlikni oshiruvchi zaxiralami tadbiq etishni ta’minlashga yordam beradi. Korxona faoliyati tahlili alohida masalami o'rgana oladigan va tahlilini kopleks tarzda amalga oshiradigan yuqori turuvchi boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Bunday tahlil natijasida korxona faoliyatidagi iqtisodiy holatlami ma’lum bir jihatlari o‘zgartirilii mumkin. Muassadan tashqari iqtisodiy tahlil statistik, moliya institutlari, soliq inspeksiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar tomonidan bajariladi. Statistik organlar statistik hisobotlami jamlaydilar va tahlil qilib, natijalami kerakli vazirlik va tashkilotlarga foydalanish uchun yuboradilar. Murakkab strategik muammolami' hal etish bilan bog'liq bo'lgan bir marotabali analitik tadqiqotni amalga oshirishda* korxonalar biznesidagi mavjud bo‘lgan va bo‘lishi mumkin, bo‘lgan muammolami hal etishga yordam beradigan auditorlik va konsalting uyushmalari xodimlarining xizmatlaridan foydal'anishlari mumkin. Ichki xo‘jalik, muassasa va muassasadan tashqari tahlil hamma ko‘rinishidan foydalanish korxona xo‘jalik faoliyatini har tomonlama o‘rganish va uni samaradorligini oshirish yo‘llarini to‘liq o‘rganish imkonini yaratadi.


  1. Download 191.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling