Daromadlar va xarajatlar tushunchalarining mohiyati
Daromadlar - xarajatlar = foyda (zarar)
Download 191.04 Kb.
|
Daromadlarni shakillashtirishning xuquqiy meyoriy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad va xarajatlarni tan olish ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiri-tilish jarayonidir
Daromadlar - xarajatlar = foyda (zarar)
Moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini talabaga tushuntirish uchun, bizning nazarimizda, “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot”da aks etti-riluvchi ko`rsatkichlarning shakllanish tartibini ko`rib chiqish kerak. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi” hisobotda daromadlar, xarajatlar, foy-da va zararlar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning quyidagi faoliyat sohalari bo`yi-cha aks ettiriladi: asosiy faoliyat investitsion faoliyat moliyaviy faoliyat. O`zbekiston Respublikasi “Asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar” nomli 2-Buxgalteriya hisobi milliy standartida daromadlarga quyidagicha ta`rif beril-gan: “Ushbu standartda daromad deyilganda xo`jalik sub`ektlari oddiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulotni sotish (ishlarni bajarish va xizmat ko`rsatish)dan olingan daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi.”(O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Хiso-bining milliy standartlari, Тoshkent, 2022 y ,38-bet). Asosiy faoliyat yuzasidan daromad va xarajatlarni aks ettirish mahsulot yoki tovar sotuvchi korxonalarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan farq qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan shug`ullanuvchi korxonalar o`zining ana shu asosiy faoliyatini yuritishi uchun 2 yo`nalishda xarajatlarni amalga oshiradilar:3 mahsulot ishlab chiqarish uchun; umuman asosiy faoliyatni tashkil qilish, boshqarish hamda unga xizmat ko`rsatish yuzasidan. Тovarlar sotish bilan shug`ullanuvchi firmalarda ham tovarlarni harid qilish uchun hamda ularni sotish bilan bog`liq operatsion faoliyat bo`yicha xarajatlar yuzaga keladi. Shu sababli Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda asosiy faoliyat bo`yicha uchta element o`z aksini topadi: mahsulot sotishdan yalpi foyda; sotilgan mahsulot tannarxi; operatsion xarajatlar. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida daromadlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu mahsulot (yoki tovarlar) sotishdan (xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarishdan) yalpi tushumlardir. Hisobotning bo` ko`rsatkichi mahsulot sotishdan yalpi tushumdan tovarlarning qaytarilishi vaxaridorlarga berilgan chegirmalarni ayirib yuborish orqali aniqlanadi. Daromadlar tushun-chasining ta`rifiga mos ravishda bu satr orqali asosiy faoliyat natijasida olingan tushum aks ettiriladi. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida xarajatlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) tannarxi bo`lib, bu ko`rsatkich sotilgan mahsulotlar (tovarlar yoki ko`rsatilgan hizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni anglatadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumso`mmasidan sotilgan mahsulot tannarxiso`mmasini chegirib yuborilsa, mahsulot sotishdan yalpi foyda (zarar) ko`rsatqichi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich ijobiy bo`lishi uchun sotuvchi o`z mahsu-lotini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan qimmatroq narxda sotishi kerak bo`ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xa-rajatlari ham qoplanishi ko`zda tutilishi kerak. Shuni inobatga olgan holda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar chegirib yuboriladi. Operatsion xara-jatlar tarkibiga mahsulotni sotish bilan bog`liq xarajatlar, ma`muriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi. Хo`jalik yurituvchi sub`ekt uchun uchchala ko`rsatkich ham, ya`ni sotishdan yalpi tushum, sotilgan mahsulot tannarxi hamda operatsion xarajatlar, muhim ahamiyatga egadir, chunki mahsulot sotishdan tushumni o`stirishning o`zigina foyda summa-sining ko`payishiga olib kelmaydi. Foyda ko`p bo`lishi uchun operatsion xarajat-larni imkon qadar kamaytirish ham talab etiladi. Albatta, mahsulot tannarhini pasaytirish yo`llari topilishi ham ko`zda tutilishi kerak. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat bo`yicha olingan natijalar alohida aks ettiriladi. Ular jumlasiga daromadlar sifatida olingan dividendlar, foizlar, moliyaviy ijara daromadlari, valyuta almashinuv kurslaridagi ijobiy farqlar kabilar, xarajatlar sifatida esa to`langan dividendlar, foizlar, moliyaviy ijara to`lovlari, valyuta almashinuv kurs-laridagi manfiy farqlar kabilar kiradi. Moliyaviy faoliyat bo`yicha daromadlar va xarajatlarning algebraik yig`indisi moliyaviy faoliyat bo`yicha foyda yoki zararni ko`rsatadi. Asosiy va moliyaviy faoliyat natijalari yig`indisi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko`rsatkichi sifa-tida aks ettiriladi.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zarar ko`rsat-kichiga favqulodda foyda yoki zararlarni qo`shsak, soliqqa tortilgunga qadar foy-da yuzaga keldi.Soliqqa tortilgunga qadar foyda summasidan foyda soligi va qonunchilikka asosan zahira kapitaliga qilingan ajratmalar summasini ayirib tashlagudek bo`lsak, xisobot yilining sof foydasi yuzaga keladi. Хo`jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar va xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy masala ularni tan olish paytini aniqlash hisoblanadi. Daromad va xarajatlarni tan olish ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiri-tilish jarayonidir. Buxgalter daromad va xarajatlarni moliyaviy hisobot moddasi sifatida tan olishi uchun quyidagi muolajalarni amalga oshirishini biz hisob tsikli jarayonini o`rganish orqali ko`rib chiqqan edik: sotish yoki boshqa turdagi daromad yoki xarajatni yuzaga keltiruvchi xo`-jalik muomalasi tahlil qilinib, u amalga oshirilgan sana o`rnatiladi; xo`jalik muomalasi natijasida yuzaga kelgan daromad yoki xarajat qiy-mati aniqlanadi; xo`jalik muomalasiga nom berish orqali moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasiga taalluqli ekanligi belgilanadi, ya`ni turkumlanadi. Masa-lan: mahsulot sotishdan tushum yoki daromad, ijara daromadi, foiz ko`ri-nishidagi daromadlar va hokazo. Тurkumlash odatda jurnallarga ikki yoqlama yozuvlarni yozish orqali amalga oshiriladi. Ikki yoqlama yozuv-larni amalga oshirish uchun esa tegishli hisobvaraqlardan foyda-laniladi. Harajatlarni tan olish jarayoni, ya`ni ularni modda sifatida moliyaviy hisobotlarga kiritilish jarayoni ana shunday amalga oshiriladi. Bunda ular amalga oshirilgan sana muhim ahamiyatga egadir: agar xarajatlar sotish uchun mo`ljallangan mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi; agar xarajatlar yangi turdagi mahsulotni tajriba-sinov maqsadlarida ishlab chiqarish uchun, yoki kelgusidagi operatsion faoliyat uchun amalga oshirilgan bo`lsa, ular kelgusi davr xarajatlari deb tan olinadi; agar mahsulotlar sotilsa, ularga tegishli xarajatlar alohida hisobga olinib, moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotlarga kiritiladi, chunki ular ana shu hisobot davrida ishlab topilgan daromadlarga tegish-lidir deb hisoblanadi. Bu tan olish paytida muvofiqlik tamoyilining namoyon bo`lishidir. Yuqoridagi holatlarning barchasini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasining 2-sonli Buxgalteriya hisobimilliy standartida daromadlar tushunchasi va ularni hisobga olish tartibini aniqlash ko`zda tutilgan. Ushbu standartda daromadlarni tan olish mezonlari ko`rsatilgan bo`lib, unga ko`ra “asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar iqtisodiy manfaatlarning kelgusida olinish imkoniyati mavjud bo`lsa hamda bu manfaatlar aniq va ishonchli ravishda o`lchanishi mumkin bo`lgan paytda tan olinadi. Moliyaviy ma`lumotlarni e`tirof etish mezonlari sifatida bu mezonlar kontseptual asoslar tarkibida yoritilgandi. Ushbu mezonlarni endi faqat daro-madlarni tan olish jarayoni bo`yicha ko`rib chiqamiz. 2-BHMSga binoan tovarlar sotishdan daromad quyidagi shartlar bajarilganda tan olinadi: xo`jalik sub`ekti tovarlarga egalik qilish yuzasidan tavakkalchilik va mukofotlarning asosiy qismini xaridorga o`tkazgan bo`lsa; xo`jalik sub`ekti o`zida sotilgan tovarlarga egalik hamda nazorat qilish bilan bog`liq ustunliklarni saqlab qolmagan bo`lsa; daromad summasi yuqori ishonchlilik darajasida baholanishi mumkin bo`lsa; xo`jalik sub`ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning olinishi ehtimoli mavjud bo`lsa; daromad olish muomalasi bilan bog`liq barcha amalga oshirilgan va kutilayotgan xarajatlar yuqori ishonchlilik darajasida o`lchanishi mum-kin bo`lsa. Download 191.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling