Daromadlar va xarajatlar tushunchalarining mohiyati
Download 191.04 Kb.
|
Daromadlarni shakillashtirishning xuquqiy meyoriy asoslari
Daromadlarni shakillashtirishning xuquqiy meyoriy asoslari Reja: Kirish Daromadlar va xarajatlar tushunchalarining mohiyati Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili Byudjet daromadlarini byudjetlararo oqilona taqsimlash yo’llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko‟rsatayotganiga barchamiz guvoh bo‟lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta‟minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‟naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‟nalishdagi islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag‟larni ajratishda natijaga e’tibor qaratish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan1. Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlarini yuzaga kelishi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida, raqobatning kuchayib borishi davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishga bo’lgan yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida davlat moliyasi tizimini mazmun va sifat jihatdan zamon talablari asosida takomillashtirish zarurati kelib chiqmoqda. Mahalliy byudjetlar mahalliy hokimliklarni o’z vazifalarini amalga oshirishda moliyaviy dastak hisoblanib, ularning moliyaviy mustaqilligi ushbu hududlarni rivojlantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Hududlarni rivojlantirish borasida fikr yurita turib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev “hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag’lari yetarli emas” deya ta’kidladilar2. Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va daromad bazasini mustahkamlash, qo’shimcha daromad manbalarini aniqlash, shuningdek, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shimcha manbalarni jalb etish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar Davlat byudjeti parametrlarining ijro etilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bugungi kunda hududlarning real imkoniyatlaridan kelib chiqib, yechimini kutayotgan mavjud muammolarni va joylardagi ishlarning haqiqiy holatini o’rgangan holda ishlab chiqilgan kelgusi yil mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari, byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlari, ularni byudjetlararo taqsimlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Download 191.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling