Daromadli stavkasi darajasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar Mundarija
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi
Download 457 Kb.
|
Daromadli stavkasi darajasiga ta\'sir etuvchi asosiy omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi).
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi.
Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi). Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiyasidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik). YUqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Xulosa
Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» yuritiladi. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko’rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo’lib, u oy boshiga bo’lgan moliyaviy qo’yilmalar summasini ko’rsatadi. Bu schyotning debetida: qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo’yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti bo’yicha – qimmatli qog’ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, debet qoldig’i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog’ozlar yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan summani ko’rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko’rsatib o’tilgan qo’yilmalar hisobi qo’yilmalar turlari bo’yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo’yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga o’xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va yuritilishi ham shunday. Download 457 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling