Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet43/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar amilazaning kraxmalga ta'siri haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: : A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi

  1. Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darsi

Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, amaliy
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter,
DARSNING BORISHI:;



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash

10 minut

3

Amilazaning kraxmalga ta'siri tajribada ko`rish

20 minut

4

Mustahkamlash va xulosalash

7 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so'lagida ko'p bo'ladi. Shuning uchun ferment shirasini
unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki so'lakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og'izni bir-ikki xo'plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so'ng bir xo'plam suv 2—3 daqiqa davomida og'izda ushlab turiladi va bo'sh stakanga solinadi. Shu yo'l bilan tayyorlangan so'lak eritmasi amilaza fermenti shirasi hisoblanadi. Tajriba uchun yana yodning 1% li va kraxmalning 0,5% li eritmasi tayyorlanadi.




  1. Ikkita quruq probirka olamiz.

  1. Birinchi probirkaga 1—2 ml suv va 1—2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yax­shilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ко'к rang hosil bo'ladi.

Ikkinchi probirkaga 1—2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1—2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o'tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko'k rang emas, balki qizg'ish yoki sariq rang paydo bo'ladi. Bu kraxmalning ferment ta'sirida parchalanganidan darak beradi

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling