Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet54/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Mitoz sikli deb hujayraning bo'linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqichlarini davom etishiga aytiladi (78- betdagi 35- rasm).
Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo'lgan tayyorlanish davri interfaza de­yiladi. Interfaza o'z navbatida uch davrga bo'linadi:1. DNK sinteziga tayyorgarlik bosqichi Gl bilan belgilanadi. Bu davrda oqsil va RNKlar juda tezlik bilan sintezlanadi. DNK sintezida ishtirok etadigan fermentlarning faolligi ortadi, hujayra jadal o'sadi.

  1. Sintez davri S harfi bilan belgilanadi. Bu davrda DNK molekulasi ikki hissa ortadi. Hujayra markazi soni ham shuncha marta ko'payadi. DNKning ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki barobar ko'p DNK hosil bo'ladi (36- rasm).

  2. Sintezdan keyingi davr G2 harfi bilan belgilanadi. Bu davr hujayraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi.

Interfaza tugaganidan keyin mitoz boshlanadi. Mitoz to'rt bosqich — pro-faza, metafaza, anafaza, telofazadan iboratdir (37 va 38- rasmlar).
Profaza yadro kattalashadi, yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi, xromosomalar spiralga o'ralib, kalta va yo'g'on holatga keladi. Xromosomalar mikroskopda aniq ko'rinadi. Yadrochalar yo'qoladi. Ikkita sentriola hujayra qutb-lari tomon tarqala boshlaydi. Bo'linish urchug'i xromosomalarning qutblarga tomon tarqalishini ta'minlaydi. Profazaning oxirida yadro qobig'i parchalanadi.
Yadro qobig'i parchalangandan so'ng xromosomalar sitoplazmada erkin holda betartib joylashadi.
Metafaza — xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi. Xromosomalar qutblardan bir xil masofada, ya'ni ekvator tekisligida bir tekis joylashadi. Xromosomalar orasidagi masofa bir xil bo'ladi. Xromosoma sentromeralari qat'iy qonuniyat asosida ekvator tekisligida bir xil holatda joylashadi. Har bir xromosomaning xromatidlari bir-biridan itarilib, faqat biriamchi belbog' bilangina birikkan bo'ladi. Bo'linish urchug'i to'liq shakllanadi. Har bir xromosoma o'z sentromerasi bilan bittadan bo'linish urchug'iga birikadi
Anafazada — xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog' uzi-ladi, natijada xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi. Sentromeraga birikkan bo'linish urchug'i mikronaychalari qisqarishi natijasida xromosomalarni hu­jayra qutblariga tomon torta boshlaydi.
Telofazada — mitoz jarayoni yakunlanadi. Bu bosqichda xromosomalar qutblarga to'planadi, spirallari yoyila boshlaydi, yorug'lik mikroskopda yaxshi ko'rinmaydigan bo'lib qoladi. Sitoplazmaning membranali qismlaridan yadro qobig'i hosil bo'ladi. Yadrochalar qaytadan shakllanadi. Telofazaning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi (sitokinez) kuzatiladi. Hayvon hujayralarida si­toplazma va plazmatik membrana o'rtasida botiqlik paydo bo'lib, uning asta-sekin torayishi natijasida hujayra teng ikkiga bo'linadi.
O'simlik hujayralarida esa hujayraning o'rtasida sitoplazmatik membrana paydo bo'lib, hujayraning chetiga tarqala boshlaydi. Bunda hujayrani teng ik­kiga bo'luvchi ko'ndalang to'siq paydo bo'ladi. Keyin esa selluloza qobig'i hosil bo'ladi. Mitoz bosqichlari juda qisqa bo'lib, 30 daqiqadan 3 soatgacha davom etadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling