2. Organizmlarning ko'payishiga ko'ra turlariga misollar yozib jadvalni to'ldiring.
№
|
Organizmlarning ko'payishiga ko'ra turlari
|
Misollar
|
1.
|
Ikkiga bo'linib ko'payuvchi bir hujayrali organizmlar.
|
|
2.
|
Shizogoniya usulida ko'payuvchi organizmlar.
|
|
3.
|
Tanasi ikkiga bo'linib ko'payadigan ko'p hujayrali hayvonlar.
|
|
4.
|
Kurtaklanib ko'payadigan bir hujayrali organizm.
|
|
5.
|
Kurtaklanib ko'payadigan ko'p hujayrali organizm.
|
|
6.
|
Tuganaklari bilan ko'payadigan o'simliklar.
|
|
7.
|
Piyozi bilan ko'payadigan o'simliklar.
|
|
8.
|
Qalamchalari bilan ko'payadigan o'simliklar.
|
|
9.
|
Partenogenez usulida ko'payuvchi organizmlar.
|
|
10.
|
Tanasi bir necha bo'laklarga bo'linib ko'payadigan ko'p hujayrali hayvonlar.
|
|
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № 41
Darsning mavzusi: Jinsiy ko'payish
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Jinsiy ko'payish haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum,
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test
DARSNING BORISHI:;
№
|
Reja asosida dars bosqichlari
|
Saflangan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish
|
5 minut
|
2
|
O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 minut
|
4
|
Mustahkamlash va xulosalash
|
7 minut
|
5
|
Uyga vazifa berish
|
3 minut
|
Jinsiy ko'payish biologik jihatdan g'oyat katta ahamiyatga ega. Uning jinssiz ko'payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan avlod ota-onaga nisbatan yashovchan, o'zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo'ladi. Organizm evolutsiyasida jinsiy ko'payish juda muhim rol o'ynaydi. Jinsiy hujayralar va ularning tuzilishi . Jinsiy hujayralar o'lchami va shakli jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Spermatozoidlar tuxum hujayradan ancha kichik, biroq juda harakatchan bo'ladi. Sut emizuvchilar spermatozoidining tuzilishi bilan tanishamiz (86-betdagi 43- rasmga qarang). U uzun ip shaklida bo'lib, uch qismdan: bosh, bo'yin, dumdan iborat. Bosh qismida yadro joylashadi, boshchasining oldingi qismida sitoplazmaning zichlashgan qismi mavjud, shu qismi yordamida spermatozoid tuxum hujayraga kiradi. Bo'yin qismida hujayra markazi va mitoxondriyalar bo'ladi. Bo'yin bevosita dumga o'tadi. Dum tuzilishiga ko'ra kiprikka yoki xipchinga o'xshaydi va spermatozoidning harakatlanish organoidi hisoblanadi . Tuxum hujayra ko'pincha yumaloq, amyobasimon shaklda bo'lib, ha-rakatsiz. Boshqa hujayralardan asosiy farqi shaklining juda katta bo'lishidir. Tuxum hujayraning kattaligi sitoplazma oqsilga boy oziq modda — sariqlikning mavjudligidir. Tuxum qo'yib ko'payadigan umurtqalilar (sudralib yuruvchi va qushlar)da tuxum hujayra ancha yirik bo'ladi (44- rasm). Tuxum i.
Do'stlaringiz bilan baham: |