Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Kapalakning to'la o'zgarish bilan rivojlanish (metamorfoz) bosqichlari
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
Noto'g'ri (metamorfoz) rivojlanishda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka voyaga etgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Lichinka oziqlanadi, o'sadi va ma'lum muddat davomida lichinka organlari voyaga yetgan organizm organlari bilan almashinib boradi. Binobarin noto'g'ri rivojlanishda lichinka organlari o'rnida voyaga yetgan organizmga xos organlar hosil bo'ladi. Noto'g'ri postembrional rivojlanishni bir necha misollar yordamida ko'rib chiqarniz. Assidiya(xordalilar tipi, lichinka — xordalilar kenja tipi)ning lichinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o'zida mujassam qilgan bo'ladi (54- rasm). Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv tubidagi qattiqroq narsaga yopishib olib, metamor-fozga uchraydi. Uning alohida dumi, xordasi muskullari yo'qolib ketadi, nerv nayi hujayralarga bo'linib fagositlarni hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda ishtirok etadigan, faqat ayrim hujayralar to'plamigina qoladi. Voyaga yetgan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o'xshamaydi. Assidiya lichinkasining tuzilishi bu hayvonning kelib chiqishi erkin hayot kechiradigan xordalilar ekanligidan dalolat beradi. Amfibiyalarning lichinkalik bosqichi — itbaliqdir (55- rasm). Itbaliq uchun jabra yoriqlari, yon chiziq, ikki kamerali yurak, bitta qon aylanish doirasining bo'lishi xosdir. Metamorfoz jarayonida qalqonsimon bez gormonlari ta'sirida dum va yon chiziq organlari yo'qoladi. O'pka va ikkita qon ayla-nish doirasi rivojlanadi. Itbaliq bir qator belgilari (yon chiziq, yurak tuzilishi, qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga o'xshab ketadi. Noto'g'ri rivojlanish — metamorfozga hasharotlarning rivojlanishi ham misol bo'ladi (56- rasm). Qo'ng'iz va kapalakning lichinkalari tashqi tuzi-lishidan, hayot tarzi hamda yashash muhiti bilan voyaga yetgan organizm-lardan keskin farq qiladi. Ularning ajdodi halqali chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Metamorfoz — hayot tarzi va yashash muhitining almashinishi bilan bog'liqdir. Noto'g'ri rivojlanishning biologik ahamiyati shundan iboratki, bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil sharoitda yashaganligi uchun ularning yashash joyi va oziq uchun o'zaro raqobati kuzatilmaydi. Faqat o'troq yoki parazit holda yashashga moslashgan organizmlarning lichinkalari erkin harakat qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi. Postembrional rivojlanish o'sish bilan birga davom etadi. O'sish butun umr davomida hamda ma'lum muddat bilan chegaralan-gan bo'ladi. Butun umri davomida o'sish o'simliklarda, lentasimon chuvalchanglar, ayrim molluskalar .Ko'pchilik hayvonlar jinsiy balog'atga yetgandan so'ng o'sishdan to'xtaydi. Odam 20—25 yoshda o'sishdan to'xtaydi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling