Ixtisoslashish — bu embrionning ayrim qismlari va hujayralarining tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir-biridan farq qilishidir. Entodermadan o'rta ichak epiteliysi, hazm bezlari, jabra va o'pka epiteliysi rivojlanadi.Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to'qimalari, yurak-qon-tomir sistemasi, ayirish sistemasi hamda jinsiy organlar shakllanadi.Ko'pchilik hayvonlarda murtak varaqalarining gomologiyasi, hayvonot olamining kelib chiqishi bir xil ekanligini isbot etuvchi dalillardan biridir.Organogenez. Gastrulyatsiya tugallangandan keyin o'zak organlari maj-mui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo'ladi. Lansetnikda o'zak organlar quyidagicha hosil bo'ladi (96- betdagi 53- rasm): lansetnik nerv naychasining rivojlanishi alohida diqqatga sazovordir; embrionning orqa tomonidan ektoderma tarnov shaklida o'rta qismidan botib kira boshlab, nay-cha hosil qiladi. Ektoderma naychaning o'ng va chap tomonlarida joylashib, uning chetlari bo'ylab o'sa boshlaydi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № 45
Darsning mavzusi: Postembrional rivojlanish
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Postembrional rivojlanish haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, DARSNING BORISHI:;
№
|
Reja asosida dars bosqichlari
|
Saflangan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish
|
5 minut
|
2
|
O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash
|
10 minut
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 minut
|
4
|
Mustahkamlash va xulosalash
|
7 minut
|
5
|
Uyga vazifa berish
|
3 minut
|
Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug'ilishi bilan embrional rivojlanish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish to'g'ri yoki noto'g'ri (metamorfoz) bo'ladi.
To'g'ri rivojlanish (sudralib yuravchilar, qushlar, sut emizuvchilar)da tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug'ilgan embrion voyaga yetgan organizmlarga o'xshaydi, faqat kichik bo'ladi. Postembrional rivojlanishda embrion o'sadi, rivojlanadi va jinsiy balog'atga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |