Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Nasldan naslga o'tishning sitologik asoslari


Download 1.79 Mb.
bet73/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Nasldan naslga o'tishning sitologik asoslari.
Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta'riflab bergan vaqtlarda mitoz haqida, gametalarning rivojlanishi va meyoz to'g'risida hali hech narsa ma'lum emas edi. Hozirgi vaqtda sitologiya yutuqlari tufayli Mendel qonunlari mustahkam sitologik asosga ega bo'lib qoldi.
O'simliklar va hayvonlarning har birida xromosomalar ma'lum bir miq-dorda bo'ladi. Oson bo'lishi uchun faraz qilaylik: o'rganayotgan organizmimizda atigi bir juft xromosoma, genlar esa shu xromosomaning qismlari bo'lsin. Juft genlar gomologik xromosomalarda joylashgan. Meyozda gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda bittadan qolishini tushunish oson, modomiki, shunday ekan, gametalarda har bir juftda bittadan gen qoladi. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishining sitologik asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo'lishidir. Allel genlar. Monoduragay chatishtirishda nasldan naslga o'tish qonuni -yatlari to'g'risida yuqorida ko'rib chiqilgan material genetikani yanada chu-qurroq o'rganishga doir ba'zi tushunchalarni ta'riflash uchun imkon beradi. Bir-birini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab beruvchi genlar juftlarni hosil qilishini no'xat, namozshomgul va boshqa obyektlardagi nasldan naslga o'tish misolida ko'rish mumkin. Masalan, no'xat donlari rangining sariq bilan yashil rangini belgilovchi geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shunday juftlardir. Juft genlar allel genlar deb ataladi. Demak, no'xat donlari rangining sariq va yashil rangini belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, ya'ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga ko'ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o'tib qoladi.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________

Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № 50


Darsning mavzusi: Diduragay chatishtirish. Mendelning uchunchi qonuni.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling