Dars 1 Ingliz tilida zamon tushunchasi


Dars 3 Present Simple tense


Download 69.02 Kb.
bet5/38
Sana05.01.2022
Hajmi69.02 Kb.
#224705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Speed up 2

Dars 3 Present Simple tense

Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻladigan, oʻzgarmas yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe'l ishtirok etadi.


Positive form:

Negative form:


Question form:


I work.

He/she/it works.

We/you/they work.


I do not work.

He/she/it does not work.

We/you/they do not work.


Do I work?

Does he/she/it work?

Do we/you/they work?


Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi. Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.

He works, she goes, it washes



Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.

He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash. Does he work? Does she go? Does it wash?



Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.

I go to work by bus every day. She always gets up at 6 oʻclock.



Dunyoda har doim haqiqat boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.

The sun rises in the east. Water boils at 100ᵒC.



Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llarperformative verbsdeb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda qoʻllaniladi.

I promise I won’t be late. What do you suggest I do?




Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling