Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Download 0.94 Mb.
bet22/36
Sana23.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1224437
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Og‘ir aqli zaiflik. Og‘ir aqli zaiflikda ong rivojlanmagan bo‘ladi, bemor hech kim bilan muomala qilolmaydi. Aqliy rivojlanish koeffisienti 35 dan 20 gacha bunday insonlarda hara - kat organlari rivojlanmagan darajada, markaziy nerv sistemasida patologiya mavjud bo‘ladi. Bu toifadagi insonlarning ko‘pchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishda ham orqada, hattoki tugma qadash, botinkaning ipini taqishni ham eplay olmaydilar. Ular maktab dasturida ham oddiy bilimlarni egallaydilar, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat qilish, atrof-muhitda orientir olish – shular jumlasidandir. Og‘ir aqli zaif insonlar mustaqil harakatlanadilar, nutqlari faqat oddiy muomala doirasida, o‘zlariga yaxshi munosabatda bo‘ladigan insonlarni ular juda yaxshi ajrata oladilar. Balog‘at yoshiga etganda ham ular oddiy, elementar mehnat jarayonlarini bajaraveradilar. Rivojlanishidagi nuqsonlar yaqqol ko‘zga tashlana boradi: skelet, bosh miya, qo‘l-oyoq, teri qatlami, ichki a’zolar, tana tuzilishidagi patologiya va boshqalar. Yuqorida ko‘rsatilganlarga ko‘ra, og‘ir aqli zaif insonlar hayotda mustaqil yashay olmaydilar, ular doimo yordamga muhtojdirlar.
Chuqur aqli zaiflik. Ularda diqqat-e’tibor, idrok qilish xususiyatlari, xotira yo‘q. Harakat qilish xususiyatlari sust, siydik, axlatlarini tuta olmaydilar. O‘zlarini boshqara olmaydilar va yordamga hamisha muhtojdirlar. Nutqda asosiy elementar muomalani kelishtira oladilar, harakatlari xaotik ravishda, qimirlab ketish, doimiy qaltirash xususiyatlari mavjud. Bunday insonlar oddiy harakatlarni bajara oladilar, tashqi yordam orqali ovqat eya olishlari ham mumkin. Ancha og‘ir ahvoldagi aqli zaiflar yig‘lash, kulish, atrofdagilarni tanishdan yiroq bo‘ladi. Diqqatlari yo‘q. Atrof-muhitga moslasha olmaydilar. Tashqi ko‘rinishlari ham aqli zaiflikdan yaqqol dalolat beradi. Eyish mumkin bo‘lgan narsalarni eyish mumkin bo‘lmagan narsalardan ajrata olmaydilar. O‘z-o‘ziga xizmat qilish kobiliyati yo‘q, nutq va qo‘l harakatlarini tushunmaydilar. Qahr, g‘azab affektlari ushraydi. O‘zlariga-o‘zlari zarar etkazish payidan bo‘ladilar, ya’ni boshni devorga urish, qo‘l-oyoq barmoqlarini tishlash shular jumlasidandir.
Ko‘pgina hollarda chuqur aqli zaiflikning sabablari tug‘ruq holatidagi patologiya, ona qornidaligida bola miyasiga etkazilgan zararlardir. Shuning uchun nevrologik buzilishlar kasalga ta’sir qiladi. Ba’zi hollarda o‘zini bilmaslik, ya’ni epilepsik holatlar uchraydi. Rivojlanishda chuqur somatik poroklar ushraydi. Eshitish va ko‘rish qobiliyatining harakatlanish holatlari ham uchrab turadi. Bunday holatlar o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Shunday qilib, aqli zaiflik patologik holatlarning yig‘indisi bo‘lib, tug‘ruq paytida yoki umrining birinchi yillarida hodisa-voqea tufayli sodir bo‘lgan holatlar sababchisidir. Bunday toifadagi insonlar ijtimoiy hayotga moslasha olmasliklari aniq bo‘lib, ular doimiy nazorat, ko‘mak ostida hayot kechiradilar.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling