Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 30 Mavzu: Logopediya va Logopsixologiya tushunchalari va atamalari


Download 0.94 Mb.
bet31/36
Sana23.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1224437
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 30

Mavzu: Logopediya va Logopsixologiya tushunchalari va atamalari.

Reja: 1.Logopediya tushunchasi
2. Logopedik atamalar
3. Logopsixologiya tushunchalari
Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti undagi o‘z tushunchalari, o‘ziga xos atamalarning mavjudligidir. Nutq buzilishlarini belgilash uchun, shuningdek, «nutqning nuqsonlari», «nutq kamchiliklari» «nutq buzilishlari» kabi nutq atamalari ishlatiladi. «Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» va «nutq buzilishi» tushunchalari bir-biridan farq qiladi, «nutqning to‘liq rivojlanmay qolishi» atamasi nutq faoliyati buzilishining faqat alomatli darajasinigina xarakterlaydi. Bundan tashqari, bunday buzilishda ko‘pincha nutqning rivojlanmay qolishiga nisbatan uning tizimli buzilishi kuzatiladi.
«Nutqning parchalanishi» tushunchasi mavjud bo‘lgan nutq ko‘nikmalari va kommunikativ malakaning (bosh miyaning lokal yoki diffuziyali xastalanishi oqibatida) yo‘qolganligini anglatadi.
Nutqning buzilishi alomati – bu nutqiy faoliyatning qandaydir buzilishi belgisi (namoyon bo‘lishi) dir.
Nutqiy buzilish alomati – bu nutqiy faoliyat buzilishining belgilari majmui (ko‘rinishlari) dir.
Nutq buzilishi mexanizmlari deganda, nutqiy faoliyat buzilishining paydo bo‘lishi va rivojlanishini shart qilib qo‘yuvchi jarayon va operasiyalarning bajarilishidan chetlashish xarakteri tushuniladi.
Nutq buzilishining patogenezi – bu nutqiy faoliyatda buzilishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanmay qolishiga sabab bo‘luvchi patologik mexanizmdir. Nutq buzilishlarini bartaraf etishda shunday tushunchalar qo‘llaniladi: «logopedik ta’sir etish», «tuzatish», «o‘rnini to‘ldirish», «rivojlantirish», «o‘qitish», «tarbiyalash», «qayta tarbiyalash», «tuzatish tarbiyalash orqali o‘qitish» va boshqalar.
Logoped – bolalar va kattalar nuqtidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan pedagog. Logopedning vazifasi nutqida nuqsonlari bor kishilarni aniqlash, nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish, nuqsonlarning oldini olish, logopediya bilimlarini aholi va o‘qituvchilar o‘rtasida tashviq qilishdan iborat. Oliy defektologiya ma’lumotiga ega bo‘lganlargina logoped bo‘lib ishlashlari mumkin. Toshkent Davlat pedagogika universitetining defektologiya fakultetlari logopedlarni tayyorlaydi. Logoped umumta’lim maktablari qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus nutq o‘stirish maktablarida va bog‘chalarda, poliklinika, psixonevrologik dispanserlar qoshidagi logopedik kabinetlarda ishlashlari mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling