Dars ishlanma guliston 2023 Fan: Tarbiya Auditoriya: 9- sinf Dars ishlanmani tayyorladi


Download 267.5 Kb.
bet3/3
Sana05.02.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1166780
1   2   3
Bog'liq
9b sinf ochiq dars

II.O’tilgan mavzuni takrorlash.
Sinf 3-guruhga bo’linadi. Har bir guruh sardorlari o’tilgan mavzu yuzasidan 3-daqiqa vaqt ichida mavzuni to’g’ri va aniq yetkazib berish kerak bo’ladi, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha guruh sardorlari bittadan bilet tortiladi, har bitta biletda iktadan savot yozilgan bo’lib har bir guruh kelishgan holda savollarga javob beradi
1-guruhga Ma’naviyat
1. Tilimizni qadrlash, uning imkonyatlaridan keng foydalanish uchun nima qilishimiz kerak?
2. Xalqning, millatning o’zligini namoyon etishda tilning o’rning qanday?
2-guruhga Ma’rifat
3. Ona tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbayi ekanini nimalar bilan isbotlay olasiz?
4. Prezidentimiz bu haqda qanday ibratli mulohazalarni aytgan?
3-guruhga Madaniyat
5. Til bilishning xosiyati haqida misollar asosida hikoya qiling.
O’zbek tilining imkonyatlari qaysi mumtoz asarlarda yaqqol namoyon bo’lgani to’g’risida gapiring.
6. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar tilimiz rivojiga qanday ta’sir etmoqda?
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida bu haqda alohida to’xtalib, shunday fikrlarni bayon qiladi: «O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir».

Jahondagi turli millatlarning tili turmush tarzi va urf-odatlari farq qilsada, ularning orzu-intilishlari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir- biriga yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurishni, farzand o’stirishni, kuy –qo’shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo’lishni istaydi.
Tarixdan misol ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Masalan o’tgan asrda fashizm dunyo xalqlari hayotida xavf solganida butun insoniyat unga qarshi kurashga otlangan edi.

Ona tili – ko’hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his- tuyg’ular evolyutsiyasini ya’ni tadrijiy taraqqiyotini ko’rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko’zgudir. Shuning uchun o’z tilini yuqotgan millat o’zligidan ham mahrum bo’ladi, ma’naviy zavolga yuz tutadi. Sobiq SSSR davrida xalqimizni o’zligidan tarixiy xotirasidan judo qilish uchu avvalo tilimiz kamsitilgani bejiz emas.



Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o’ligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o’rin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o’zbek tilining obro’yi uchun kurashgani ham shundan dalolat beradi. XX asr boshida ma’rifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’tgan asrning so’ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yo’lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzum hukmronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tili rivojiga katta e’tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi qonunda o’zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishining huquqiy asoslari belgilab qo’yildi. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. Bu ona tilimiz taraqqiyotida ilgari hech ko’rilmagan yangi davr boshlanganining ifodasi edi.


IV-Mustahkamlash


V- Darsga yakun: Dars oxirida faol o’quvchilarni baholash va ularni rag’batlantirish


VI- Uyga vazifa: Mavzunim o’qib konspek yozish va qo’shimcha ma’lumotlar topib kelish
Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling