Dars ishlanma Mavzu: Eskizlar haqida tushuncha


Download 178.62 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi178.62 Kb.
#1422597
Bog'liq
Muslimova Nilufar


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Maxsus sirtqi bo’lim
Muhandislik grafikasi va uni o’qitish metodikasi fanidan
8-sinf uchun

Dars ishlanma

Mavzu: Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O’quv modelining eskizini chizish.

Bajardi: Muslimova Nilufar
Tekshirdi: Ashirboyev.A

Toshkent-2023
Fan: Chizmachilik
Sinf: 8, IV chorak
Mavzu: Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari. O’quv modelining eskizini chizish
Darsning maqsadi: Eskizlarni o’lchash va ular ustuda mashqlarni amalga oshirish
Darsning jihozlari: doska, bo‘r, chizmachilik asboblari, dars mavzusi yoritilgan plakat-chizma, darslik, geometrik jismlar.
Dars berish metodi: Aralash metod. Amaliy ishlash, ko‘rgazmali, aqliy hujum, «ishbilarmon-kommersantlar» o‘yini metodlaridan foydalaniladi.
Darsni tashkil etish: o‘quvchilarni tinchlantirib, salomlashish va yo‘qlama. Uyga berilgan topshiriqlarni tanlab, nazorat qilish va uning tahlili. o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni umumlashtirib, tahlil qilinib, tushuntirib beriladi. 3-4 o‘quvchilarning uy ishlari baholanib, e’lon qilinadi, rag‘batlantiriladi (maqtab qo‘yish, alohida yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish).
Yangi mavzuni e’lon qilish: Sinfda geometrik jismlar stendi ilib qo‘yilgan. o‘sha stenddagi prizmalar, silindr, konus, piramidalar, shar va yarim shar alohida-alohida nomlari takrorlanib, ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘quvchilarga: «Shu jihozlardan qaysi birining qirqim chizmasini bajaramiz?» – deb savol tashlanadi va o‘quvchilar e’tiborini maksimal darajada geometrik jismlar stendiga qaratishga erishiladi. O‘quvchilar yordamida birorta jihoz tanlanadi. Darslikdan shunga tegishli rasm, tasvir, chizmani topib, uning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari qanday tasvirlanganligi so‘raladi.
O‘quvchilar javobi:

  1. Frontal proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

  2. Gorizontal proeksiyasi – aylana.

  3. Profil proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak.

Darsning borishi.
Yangi mavzu bayoni.
Detallarning hamma nisbatlarini saqlagan holda chizma asboblari ishlatmay qo’lda, ko’zda chamalb va masshtabga rioya qilmay chizilgan chizma eskiz deyiladi. Ishlab chiqarishda bir marta tatbiq qilinadigan chizmalarga eskizlar kiradi.
Eskizlar, odatda detaining chizmasini chizish uchun asos bo‘ladi. Yasaladigan detaining eskizlari orqali uning ish chizmasi chiziladi. - Ishlab chiqarishda bir marta tatbiq qilinadigan chizmalarga eskizlar kiradi.
Eskizlar, odatda detaining chizmasini chizish uchun asos bo‘ladi. Yasaladigan detaining eskizlari orqali uning ish chizmasi chiziladi. Detallarni ba’zan eskizga qarab ham yasash mumkin bo‘ladi. Chunki mashina detali to‘satdan yaroqsiz holda kelib sinib qolsa, uni tez yasashga to‘g‘ri kelgan hollarda eskiz mavjud detallarga qarab chiziladi va u asliy eskiz deb ataladi.
Konstruktorlik biyrosi ishida yangi mashina, mexanizm va boshqalarni loyihalayotgan konstruktor o‘z g‘oyasini, awalo eskiz shaklida ifodalaydi. Bunday eskizlar loyiha eskizlar deyiladi.
Eskizlar to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash qoidalari bo‘yicha, ular orasidagi proyeksion bog‘lanishga rioya qilgan holda va tasvirlanayotgan detal elementlarining nisbatini, shaklini saqlagan holda chiziladi. Eskiz chizishda detaining hamma qismlari o‘rtasidagi nisbatlarni chamalab aniqlash qiyin bo‘lsa, qalamda o‘lchab chizish yaxshi natija beradi. Ishni tezlatish uchun, aylana va ulaming yoylarini chizish hamda aylanalami teng bo‘laklarga bo‘lishni sirkulda bajarishga ruxsat etiladi. Lekin keyinchalik aylana va ularning yoylari ustidan qo‘lda yurgizib chiziladi.

Darsni mustahkamlash.
Eskiz nima va uning modeli qanday bo’ladi?
Eskiz chizishda mashtab masala qandau rol o’ynaydi?
Dars yakuni
Darsga xulosa yasalib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa
Komputer grafik dasturlar haqida ma’lunot topib kelish.

Download 178.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling