Dars ishlanma: mavzu: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
Download 24.62 Kb.
|
ALLAMOVA RISOLAT. MO\'M DARS ISHLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Mavzu yuzasidan topshiriq
3. Mavzu yuzasidan test:
1. Sinfdan tashqari ishlarga nimalar kiradi? a)hamma javob tog’ri b)matematik to’garaklar d)matematik olimpiadalar e)marematik ekskursiyalar 2. Matematik matbuot bu? a) boshlang‘ich sinflarda chiqariladigan gazetalar va o‘tkaziladigan viktorinalar mazmunini ko‘proq topishmoq, boshqotirgich, rebuslar va boshqa xildagi qiziqarli materiallar tashkil qiladi va ularning maqsadi o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini orttirishdan iborat bo‘ladi b) gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun beriladigan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchiga yoki shu ish topshirilgan o‘quvchiga beriladi. d) aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi. e) a va b javoblar to’g’ri. 3. Boshlang’ich sinflarda to’garaklar nechanchi sinflardan boshlanadi? a) 1-sinfning ikkinchi yarmidan b) 2-sinflardan d) 3-sinflardan e) 4-sinflardan 4.Boshlang’ich sinflarda to’garaklar uchun ajratilgan soat(2-4sinflarda)? a) 34 soat b) 17 soat d) 30 soat e) 20 soat 4.Mavzu yuzasidan topshiriq: Boborahim Omonovning «Oilada matematika: Ota-onalar uchun» risolasida berilgan topshiriqlar o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydi. Shulardan biri «9 ga oid 9 topshiriq» mashqi: -9 gacha bo‘lgan raqamlar yig‘indisini nechaga bo‘lsa, 9 chiqadi? -9 gacha bo‘lgan raqamlarni shunday ikkitadan qilib yozingki, ularning yig‘indisidan nuqul 9 hosil bo‘laversin. -9 gacha bo‘lgan raqamlardan shunday sonlar hosil qilingki, ularni 9 ga bo‘lganda 1, 2, 3, 4,5, 6, 7, 8, 9 chiqsin. -9 ga shunday sonni ko‘paytiringki, ko‘paytma 9 bo‘lsin. -Shunday sonni topingki, o‘z-o‘zida ko‘paytmasi 9 bo‘lsin. -Qaysi songa 10 qo‘shgach, 10 da bo‘lsa 9 chiqadi? -Maktablarda 9-oydan boshlanadigan o‘quv yili necha oy davom etadi? -Qaysi songa 9 ni qo‘shsak, yig‘indi 9 ga teng bo‘ladi? -Qaysi sondan 19 ni ayirib, 9 ga bo‘lsa, 9 chiqadi? O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish ularda aqliy faoliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan. O‘quvchilar matematik qonuniyatlar va munosabatlarni anglashga o‘rganadilar, o‘zaro muomalaga kirishadilar, xulosa chiqaradilar. Bundan o‘quvchining aqli o‘tkirlashadi, topqirligi va ziyrakligi ortadi, fikrlashi tartibli, isbotli, mantiqli, nutqi esa aniq, ishonchli bo‘ladi. Boshqa darslarda mantiqiy topishmoqlardan ham o‘quvchilarga berib ko‘rish mumkin: a) «Anhor bo‘yida uch qarag‘ay o‘sadi. Ularning har birida uchtadan yo‘g‘on shoxi bor, har bir yo‘g‘on shoxida beshtadan novda bor. Har bir novdada yetti donadan olma bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta dona olma bor?» (Javobi: Bitta ham olma yo‘q, qarag‘ayda olma bo‘lmaydi). b) «Uchta traktorchining Ahmad ismli akasi bor. Lekin Ahmad akaning ukalari yo‘q. Bu qanday bo‘ladi?» (Javobi: Traktorchilar – ayollar. Ahmad akaning singillari). v) «Bir joyda yonib turgan sakkiz lampochkadan uchtasi o‘chsa, nechta lampochka qoladi?» (Javobi: Sakkizta lampochka qoladi, chunki uch lampochka singani yo‘q). Download 24.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling