Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi


Download 182 Kb.
bet14/16
Sana21.10.2023
Hajmi182 Kb.
#1715003
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Dars ish Lyudvig Van Betxoven

1-boshlovchi: Inson hayotida uning ma’naviy shakllanishida milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz va marosimlarimiz muhim o‘rin tutadi.
2-boshlovchi: Marosim hayotda yuz beradigan muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan. Bu voqealar o‘zgacha ma’no kasb etadi. Masalan: Bolani birinchi marotaba cho‘miltirish, unga ism qo‘yish, birinchi marta beshikka belash shular jumlasidandir. Hozir maktabimizning yuqori sinf o‘quvchilari ijrosida “Beshik to‘yi” marosimini tomosha qilasiz. Marhamat.
Sahnada 4 - 5 ta qizlar milliy kiyimlarda kiyinib kelini davraga olib keladilar. Kelinga “Lachak kiydirish” marosimini o‘tkazib, beshik keltiriladi. So‘ngra bir kishi bolani beshikka teskari qo‘yadi bunaqasi yetadimi? Deb hazilomuz so‘raydi, qolganlar esa yo‘q-yo‘q deb javob beradi. Bu 2 - 3 marta takrorlanadi. So‘ngra bola beshikka to‘g‘ri yotqiziladi. Bolaning boshi ostiga non bo‘lagi, pichoq va piyoz qo‘yishadi. Bola beshikka belagandan keyin ona tomonidan alla aytiladi. Alla eshitgan bola kelajkda o‘z ota-onasiga mehrli, iymonli, ona tuprog‘iga, el-yurtiga sodiq vatanparvar, insonlarga mehribon bo‘lib yetishadi.

Alla aytay jonim bolam quloq solgin alla,


Shirin allam tinglab asta uxlab qolgin alla.
Alla aytay jonim bolam shirin qo‘zim alla,
Senq quvonchim, iftixorim ko‘rar ko‘zim alla.
Baxtimga sen katta bo‘lgin qora ko‘zim allayo,
Shirin allam tinglab asta orom olgin alla, alla, alla.


1-boshlovchi: Xalqimiz orasida keng nishonlanadigan Ramazon marosimini hijriy-qamariy taqvimi muborak Ramazon oyining 3-kunidan boshlab kattalar yoki bolalar tomonidan ijro etiladi.
2-boshlovchi: Bolalar xonadon eshiklari oldida to‘planishib, yaxshi tilak istaklari bilan “Ramazon” yoki “Yo Ramazon” aytimini aytadilar.
Sahnada 3-4 bola tomonidan ijro etiladi.

Ramazon aytib keldik eshigingizga,


Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga.
Oq tanga ko‘k tanga chiqarib bering jon yanga,
Oq tamaki ko‘k tamaki chiqarib bering jon amaki.
Oq yanganing bog‘i bor, bog‘ida anoqri bor,
Anorining tagida 100 so‘m 100 so‘m puli bor
Yangajonim yashasin tagiga baxmal to‘shasin.
Har kun bozor borganda 1000 so‘m 1000 so‘m to‘shasin.
1-boshlovchi: Endi maktabimizning xor guruhi ijrosida “Bahor fasli”qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Bahor fasli gul fasli,
Gulim bo‘pti xo‘p isli.
Meni gulag o‘ch qilgan,
Bahor ishqidir asli.

Nahor fasli ko‘nglimda,


Kulib turar yo‘limda.
Qanday qilay oshiqman,
Bahor o‘ngu so‘limda.

Bahor fasli shirin dam,


Latofatga boy biram.
Har gal bahorga atab,
Yangi qo‘shiq aytaman.


1-boshlovchi: Bizga an’ana bo‘lib kelayotgan xalq aytimlaridan biri lapardir. Lapar ikki kishi tomonidan yoki ko‘pchilik tomonidan savol-javob tarzida aytilishi mumkin.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling