Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi


O‘qituvchi: Yurtboshimiz 2012-yilni “Mustaxkam oila” yili deb nomladilar. Maktabimizda qanday ishlar olib borilyapti? O‘quvchi


Download 182 Kb.
bet2/16
Sana21.10.2023
Hajmi182 Kb.
#1715003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dars ish Lyudvig Van Betxoven

O‘qituvchi: Yurtboshimiz 2012-yilni “Mustaxkam oila” yili deb nomladilar. Maktabimizda qanday ishlar olib borilyapti?
O‘quvchi: Maktabimizda “Yoshlar bog‘i” ni tashkil qildik, maktabimiz atrofiga turli xil mevali darsxtlar, gul ko‘chatlari ekdik.
O‘qituvchi: Hurmatli o‘quvchilar, mana shu yil mavzusiga bog‘lab har bir guruhimizning 3 ta katta olma daraxtiga qiyoslaymiz, har bir guruh olgan rag‘batlarini daraxtlarga olma yopishtirib, g‘olib guruhni aniqlaymiz.
Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi: darsni reja asosida boshlaymiz.
Reja:

  1. Lyudvig Van Betxovenning ilk bolalik chog‘lari.

  2. Betxovenning birinchi konserti.

  3. Betxoven oilasining nochorligi va uning ijodiga ta’siri.

  4. Betxoven serqira ijodkor.

“Navo” guruhi o‘qituvchisi
“Lyudvig Van Betxoven” Germaniyadagi Reyn daryosi bo‘yicha joylashgan uncha katta bo‘lmagan Bonn shahrida 1770-yilda dunyoga keldi. Uning bobosi ham, otasi Iogann ham ko‘p yillar mobaynida saroy musiqachisi, ashulachi bo‘lib ishlagan.
Betxovenlarning oilasi kambag‘alchilikda kun kechiradi. Lyudvig juda ham kamgap, o‘z hayollari bilan yuradigan va o‘zini har doim yolg‘iz his qiluvchi bola edi. Ammo u musiqani jon-dildan sevardi. Otasi bolalarining musiqachi bo‘lishini istamas edi. Shuning uchun ham yosh Lyudvig otasidan yashirincha skripka chalishni o‘rganib oldi. O‘g‘lining skripka chalishini tasodifan eshitib qolgan Iogan avval o‘g‘lini qattiq koyidi, so‘ng Lyudvigning iste’dodli ekanini sezib, undan “Ikkinchi Motsart” tayyorlamoqchi bo‘ldi bu orada boyib ketish payiga tushdi. Iogann yosh Lyudvigga klavesin va skripka chalishni mashq qildira boshladi. Ammo uning olib brogan mashg‘ulotlari asosan gamma mashqlarini chaldirishdan iborat bo‘lar edi.
Lyudvig eshitgan musiqalari tezda mustaqil o‘rganib olar edi va anchagina asarlarni yoddan chalardi.
“Yalla guruhi” o‘quvchisi:
“Oradan ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, 1778-yilda otasi Iogann 8 yoshli Lyudvig jamoat oldiga birinchi bor chiqishini tashkil qiladi.
Konsert muvaffaqiyatli yakunlanadi va yosh iste’odli Lyudvig Van Betxovenning nomi xalq ichida tez tarqalib ketadi. Endi unga maxsus o‘quchilar chaqira boshlashadi. Organchi Nefe uning asil o‘qituvchisi va qadrdon do‘sti bo‘lib qoldi. Tez orada Lyudvig klavesin, skripka va organda yaxshi chala oladigan, asarlarni erkin improvizatsiya qilib chala oladigan bo‘ldi”
“Paxtaoy guruhi” o‘quvchisi:
“Hayotining oxirgi yillarida Betxoven o‘g‘ir qiyinchilikka duch keldi. Qizamiq kasali oqibatida Lyudvigning quloqlari eshitmay kar bo‘lib qolishi uning uchun dahshatli ko‘rgilik bo‘ldi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Betxoven hayotining oxirigacha musiqani tashlamadi. U o‘zidan juda ko‘plab nodir musiqa asarlari, sonatalar, pesalar, simfoniya, oratoriya va “Fideoleo” operasini yozib qoldiradi. Hozirgi kunda pianinochilar, organchilar va simfonik orkestrlarning ko‘rik tanlovida Lyudvig Van Betxovenning asarlari albatta ijro etiladi. Lyudvig Van Betxoven musiqani buyuk qudratli kuch ekanligini bilgan holda: Musiqa inson qalbini chaqmoq kabi yoritmog‘i lozim! Deya xitob qiladi.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling