Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi


-sinf uchun musiqa madaniyati fanidan


Download 182 Kb.
bet4/16
Sana21.10.2023
Hajmi182 Kb.
#1715003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Dars ish Lyudvig Van Betxoven

5-sinf uchun musiqa madaniyati fanidan


1-soatlik dars ishlanmasi.


Mavzu: “V.A. Motsart, J.Bize, R. Chaykovskiy, N.Rimskiy-Karsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari”
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda musiqaga mehr uyg‘otish va estetik his-tuyg‘ularini shakllantirish.
Ta’limiy maqsad: O‘quvchi yoshlarga “V.A. Motsart, J.Bize, R. Chaykovskiy, N.Rimskiy-Karsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari” haqida ma’lumotlar berish. Opera janri haqida gi fikrlarini o‘stirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarda jahon musiqasiga qiziqish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Dars usuli: Kichik guruhlarda ishlash
Dars uslubi: Hikoya, suhbat, “Kalster”, “test”
Darsning jihozi: 5-sinf musiqa darsligi, yillik ish reja, reja konspekt, o‘zbek xalq cholg‘ularidan qahsqar rubobi, texnik vositalardan (Audio SD disk yozuvlari, kompyuter), elektr tabla, rag‘batlantiruvchi kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: O‘quvchilar sinfiga o‘qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi
Tashkiliy qism: Salomlashilib, davomat aniqlanadi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi aniqlanadi, o‘tilgan mavzuni takrorlab mustahkamlash uchun har bir qatordagi 10 nafar o‘quvchiga savollar tarqatiladi va berilgan 4 daqiqa ichida savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar quvnoq notachalar bilan rag‘batlantiriladi.
1. Orkestr deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday orkestr turlarini bilasiz?
3. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri necha guruhdan iborat?
4. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining damli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
5. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining mezrobli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
6. Nog‘ora, qayroq, safoil, doira cholg‘u asboblari orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
7. O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining torli-kamonli cholg‘ular guruhiga kiruvchi cholg‘u sozlarini nomlarini ayting?
8. Simfonik orkestr deganda nimani tushunasiz?
9. Simfonik orkestr necha guruhdan tashkil topgan?
10.Simfonik orkestrning yog‘och damli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘uasboblari kiradi?
11. Simfonik orkestrning mis damli cholg‘ular guruhiga qaysi cholg‘ular kiradi?
12. Litavra, baraban, tarelka simfonik orkestrning qaysi guruhiga kiradi?
13. Simfonik orkestrning torli-kamonli cholg‘ular guruhiga kiruvchi cholg‘ularni ayting?
14. “Xor” deganda nimani tushunasiz?
15. Xorda qanday ovozlar bor?
16. “Tenor” va “Bas” ovozlari kimlarga xos “Saprano” va “alt” ovozlari-chi.
17. Sahnaviy musiqa asarlariga qanday asarlar kiradi?
18. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
19. “Musiqali darma” janri haqida gapirib bering?
20. O‘zbek raqs san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shgan raqqosalardan kimlarni bilasiz?
21. “Musiqali komediya” janri haqida gapirib bering?
22. Qanday o‘zbek baletlarini bilasiz?
23. O‘zbek kompozitorlarini ayting?
24. J.Verdi yaratgan operalarni ayting?
25. Musiqadagi qanday intervallarni bilasiz?
26. Alteratsiya belgilarini sanab bering?
27. Musiqali dramlarga misol keltiring?
28. Musiqada qanday dinamik belgilari bor?
29. Milliy raqs uslubidagi baletlarini ayting?
Har bir qatorda slaydda musiqa savodxonligi va o‘tilgan mazvular yuzasidan rasmlar ko‘rsatiladi va qatorlarda quyidagi savolar beriladi?
1-Qatorga: “O‘zbek bastakorlarining ismi shariflarini ayting”.
2.qatorga: “Bular qanday belgilari? Bu belgilar nota chizig‘ida qanday yoziladi va vazifasini ayting”.
3-Qatorga: “Bu cholg‘ular qaysi orkestrida chalinadi va qaysi guruhlarga xos?” har bir qatordagi o‘quvchilar javobini yozib borishadi va fikrlar umumlashtirilib, qatorlar quvnoq notachalar bilan rag‘batlantiriladi.
Jamoa bo‘lib kuylash: o‘quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlarini bajarib, R.Abdullayev musiqasi, “Parvozdagi qushchalar” qo‘shig‘ini takroran kuylab, Sh.Yormatov musiqasi “Oymamajon rom bo‘ldi” (darslik, 75-bet) qo‘shig‘ining mualliflari, qo‘shiq haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Qo‘shiq o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan kuylab berilib, qo‘shiq jumlalariga e’tibor berilib o‘rgatiladi. Sof intanatsiyada kuylanadi. (10 daqiqa)
Y angi mavzu: Opera san’ati paydo bo‘lgandan buyon qancha – qancha bastakorlar bu janrlarda qalam tebratib ko‘rishgan. Turli tillarda operalar sahnalashtirilgan. Ulardan ayrimlari faqat bir marta sahnada qo‘yilgan. Lekin kamdan-kam kompozitorlarning operalari J.Verdining operalari kabi asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda. V.A.Motsart , J.Beze, P.I.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Karsakov kabi dunyo tan olgan kompozitorlarning nomlari va yaratgan opera durdonalari butun dunyoga mashhurdir.
V.A.Motsart 1756-yil 27-yanvarda Zalsburg shahrida tug‘ilgan. U musiqaga juda yoshligidan qiziqa boshladi. 3 yoshida klavishda chalishni o‘rgandi, 4 yoshida esa musiqa asarlarini yarata boshladi. 6 yoshidan konsertlarda ishtirok etadi. Uning Myunxen, Vena, Parij, London va boshqa shaharlaridagi ajoyib konsertlari hammani qoyil qoldirdi. 12 yoshida Motsart bir necha opera, simfoniya, konsert va boshqa musiqa asarlarining muallifi bo‘lib tanilgan edi. Motsartni “XVIII-asr mo‘jizasi” deb atashadi.
V.A.Motsart 1791-yil 15-dekabrda 36 yoshida vafot etdi. O‘zining qisqa umri davomida 18 ta opera, 50 dan ortiq simfoniya, 40 ta konsert, romanslar, ariyalar va bir qancha cholg‘u asarlarini yaratdi. Motsart mashaqqatli hayot kechirishga qaramay, o‘z asarlarida shodlik va baxtni kuylaydi.
Musiqa tinglash: nota yozuvlari audio, sd disk yozuvlaridan foydalanib, dunyo tan olgan bastakorlarning opera musiqa parchasidan namuna eshittirilib, suhbat-munozara o‘tkaziladi. Tinglangan asar tahlil qilinadi. Javob bergan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Dars yakuni: testdan foydalanib, mavzu mustahkamlanadi. O‘qituvchi test yozilgan eleketro tabloda har bir qatordagi o‘quvchilarga savollarga javob berishini aytadi. O‘quvchilar ketma-ket javob berishadi.
1. “Opera” deganda nima tushuniladi?
A) Musiqa va raqs harakatlari orqali voqealar yaratish san’ati;
B) libretto, ya’ni she’riy-dramatik pyesa asosida yaratilgan asar;
D) Musiqa sadolari ostida raqsga tushish;
2. V.A.Motsart yaratgan operalar qaysilar?
A) “Aida”, “Ivan Susanin”;
B) “Sehrli nay”, “Figaronning uylanishi”;
D) “Ruslan va Lyudmila”, “Buron”;
3. “Qorqiz” operasini qaysi kompozitor yaratgan?
A) Rimskiy-karsakov;
B) V.Motsart;
D) M.Glinka;
4. Qaysi qatorda sahnaviy musiqa asarlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Opera, lapar, kantata;
B) Orkestr, kantata, syuta;
D) opera, balet, musiqali drama va komediya, operitta.
5. J.Bize yaratgan opera qaysi?
A) “Karmen”;
B) “Qorqiz”;
D) “Aida”;
6. P.I.Chaykovskiy yaratgan operalar qaysilar?
A) “Sehrli nay”, “Aida”;
B) Avstraliyalik;
D) Rossiyalik.
8. Rimskiy-Karsakov yaratgan operalarni toping?
A) “Sadko”, va “Qorqiz”, “Shox Sulton haqida ertak”;
B) “Sehrli nay”, “Buron”;
D) “Karmen”, “Rigaletto”
9. “Balet” deganda nimani tushunasiz?
A) Ham kuylab, ham raqsga tushishni
B) Qo‘shiq kuylashni
D) Musiqa va raqs haraktlari
Musiqa va raqs haraktlari orqali obrazlar, voqealar yaratishni faol qatnashgan o‘quvchilarga rag‘batlantiruvchi quvnoq notachalar tarqatiladi. Har bir qatordagi o‘quvchilar to‘plagan qizil (5 ball), yashil (4 ball), ko‘k (3 ball) ballari umumlashtirilib doskada yoziladi va g‘olib bo‘lgan qator aniqlanib olinadi va barcha rag‘bat olgan o‘quvchilarning kundaliklariga baho quyiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o‘qib kelish. Sh. Yormatov musiqasi “Oymomojon rom bo‘ldi” qo‘shig‘ini yodalab kelish.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling