Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi
Download 182 Kb.
|
Dars ish Lyudvig Van Betxoven
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jamoa bo‘lib kuylash
- Zavqing soch qaldirg‘och”
Musiqa darsi 5-sinf.
Mavzu: O‘zbek musiqasidan opera janri. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: mavzu mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirb, malaka va ko‘nikmalarni oshirish. b) Tarbiyaviy maqsad: milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. v) Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni nutqini va muomala madaniyatini rivojlantirish. g) Kasbga yo‘naltirish: o‘quvchilarni musiqa faniga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirish. d) Milliy istiqlol g‘oyasi: milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish. Dars usuli: Munozara Dars uslubi: D,T,Slarni o‘quvchilar ongiga singdirish asosida takomillashtirilgan tartibda olib borish. Dars jihozi: Ko‘rgazmalar: sinf ko‘rgazmalari, tarqatma materiallardan foydalanish, epidaskop texnika vositalarini qo‘llash. 1. Ovoz sozlash mashqlari turli xil gammalarda har xil usullardan kuylash. 2. Jamoa bo‘lib kuylash: “Zavqing soch qaldirg‘och” N.Norxo‘jayev musiqasi P.Mo‘min so‘zi 3. Musiqa savodi: 4/4 o‘lchovida dirijyorlik qilib notaga qarab kuylash. 4. Musiqa tinglash: “Maysaraning ishi”operasidan parcha tinglash. Darsning borishi Tarkibiy qism: a) O‘quvchilar bilan salomlashish. b) Davomatni aniqlash. s) Avvalgi darsda o‘tilgan V.Motsart, J. Bize, P. Chaykovskiy, N.Rimskiy, Korsakov kabi dunyo tan olgan bastakorlarning operalari mavzusini so‘rab har xil savol-javoblar bilan o‘quvchilarni baholash. d) O‘quvchilar bilan jamoa bo‘lib “Oymamajon rom bo‘ldi” qo‘shig‘ini kuylash. Reja 1. O‘zbek musiqa san’atida opera janrining tutgan o‘rni. 2. Hozirgi zamon operalarining o‘rni va ahamiyati. O‘zbek musiqasida opera janri: o‘zbek musiqa tarixida birinch opera 1939-yil yaratilgan deb ko‘pgina kitoblarda yozilgan bunda o‘sha paytda yosh bastakor bo‘lgan Muxtor Ashrafiyning ustozi S.N. Vasilenko bilan hamkorlikda yozgan “Bo‘ron” operasi misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda opera janrining shakllanishida dastlabki pog‘ona bo‘lgan “Bo‘ron” dan keyin talaygina o‘zbek operalari dunyoga keldi. Bular R. Gliyer va T.Sodiqovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Dilorom”, “Shior xotirasi”, Rashid Hamroyevning “Zulmatdan ziyo”, Sobir Boboyevning “Hamza”, “Fidoyilar”, Hamid Rahimovning “Zafar”, Ibrohim Hamroyevning “Oyjamol”, Ikrom Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni”, Mutal Burhonov “Alisher Navoiy”, Sayfi Jalilning “Zebiniso”, M.Bafoyevning “Umar Hayyom”, Ulug‘bek Musayev, Nurilla Zokirov, Rustam Abdullayev, Habibulla Rahimov, Avaz Mansurov kabi mashhur o‘zbek bastakorlarining qator operalaridir. Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o‘zbek operalari ko‘p emas. Bular-Sobir Boboyevning “Yoriltosh”, Sayfi Jalilning “Malikai ayyor” va Avaz Mansurovning “Hayvonlar sultoni” operalaridir. Sulaymon Yudakov Qo‘qon shahrida tug‘ilib, o‘sgan. U 1916-1990-yillarda yashab ijod etgan, tabiatdan quvnoq, hazilkash inson bo‘lgan. Sinchkov ijodkor sifatida o‘zbeklarga hajviy opera va hajviy mavzusidagi balet ma’qul bo‘lishini ko‘p yillar kuzatib yurgan, kuzatishlar samara bergan. Opera janrida “Maysaraning ishi” ni yaratib, balet janrida –“Nasriddinning sarguzashtlari” ni yozib qoldirib, ulkan ish qilgan. “Maysaraning ishi” operasida eski zamonlarda qozi, boy va kambag‘allar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bir voqea aks ettirilgan. Opera janrining talablariga to‘la javob beradigan bunday asarni hozirgi kunda ham xalqimiz sevib tomosha qiladi. O‘zbek musiqa san’ati rivojida bu asarning o‘rni va ahamiyati katta. “Maysaraning ishi” operasining tinglab ko‘rsangiz, xuddi xalq kuylaridek qulog‘ingizga yoqadi. Tinglash: “Maysaring ishi” operasidan parchalar tinglash.Jamoa bo‘ylab kuylash: “Zavqing soch qaldirg‘och” N.Norxo‘jayev musiqasi P.Mo‘minov she’ri. Sayrashing qanday soz, Oxanging ex mayin, Ekansan xush ovoz, Sayragin tinglayin, Tinglayman qo‘shiqday, Har tongda odatda, Mazmuni qiziqday. Tinglayman rohatda. NAQORAT: NAQORAT: Qaldirg‘och qaldirg‘och, Qaldirg‘och qaldirg‘och, Menga o‘z diling och, Menga o‘z diling och, Dillarga zavqing soch, Dillarga zavqing soch, Qaldirg‘och qaldirg‘och. Qaldirg‘och qaldirg‘och. Musiqa savodi: 4/4 o‘lchovida qilib notalarni kuylash va so‘zlar bilan aytish. Uyga vazifa: O‘tilgan mavzuni o‘qib qo‘shiqni yodda ko‘ylab berish. Download 182 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling