O‘qituvchi: Qo‘shiq ijro etilishi oldidan ovoz yo‘llarini ochish ovoz sozlash mashqlari deyiladi
O‘qituvchi:
1.Mi, Mi, Yo,
2.Do, Mi, Sol, Mi, Do
Og‘izni yumgan holda ijro etamiz.
O‘qituvchi: Yangi mavzu:
“Vatanim” qushig‘ini o‘rganish
Nilufar she’ri
F.Oripov musiqasi
Farzandingman aziz Vatanim
G‘animga jo‘sh uradi qonim
Tinchlikka sen hushyor posbonim
Naqorat
Mening Ona – O‘zbekistonim
Mening Ona – O‘zbekistonim
Hilpiraydi ko‘rkam bayrog‘ing
Porlab turar yashil chirog‘ing
Yo‘ling ochiq olg‘a bos- olg‘a
Naqorat
Mening Ona – O‘zbekistonim
Mening Ona – O‘zbekistonim
O‘qituvchi: Qo‘shiq mazmuni haqida so‘zlab beraman. Shoir o‘z she’rida Vatanni, tinchlikni, yurt go‘zalligini yozsa, bastakor kuy bastalab qo‘shiq aytib xalq ohangiga kirib boradi.
Yozuvchi o‘z asarida qahramonlarni obrazini yaratsa, rejjisor kino olish davomida aktyorga filmdagi ijro etishili kerak bo‘lgan rolni mohirona bajarishiga e’tibor beradi. Film xalqqa manzur bo‘lishi kerak. Aziz o‘quvchilar bugungi darsimizni yaxshi tinglab xulosa chiqarib oldingizlar.
Musiqa savodi: Oktvalar.
Aziz o‘quvchilar oktavalar deb Do notasidan Do notasigacha bo‘lgan musiqa oralig‘iga aytiladi.
Oktavalar 5ga bo‘linadi. Har qaysi oktava o‘z ohangiga ega.
1. Katta oktava.
2. Kichik oktava
3. Birinchi oktava.
4. Ikkinchi oktava.
5. Uchinchi oktava.
Oktavalarga tushuncha shulardan iborat.
Musiqa tinglash:”Feruz II kuyi”.
O‘qituvchi:Aziz o‘quvchilar sizlarga ma’lumki “Oltin meros” teleko‘rsatuvida o‘zbek mumtoz kuy va qo‘shiqlari olib ko‘rsatiladi. Bundan maqsad bobokalonlarimiz ijro etib ketgan qo‘shiqlari hozirgi davrimizgacha yetib kelganini va avlodlarimizga meros bo‘lib qolishini ta’minlash.
Men sizlarga “Feruz II” kuyini chalib beraman. Bu kuy chertki usulida ijro etiladi. Musiqa ohangraboligi bilan kishi dilini sehrlaydi. Milliy asboblarimiz turlicha bo‘lib har qaysini o‘z ohangi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |