DARS ISHLANMA
Musiqa olamiga sayohat
O‘zbegim milliy qadriyatlari
Dasrning maqsadi: O‘quvchilar musiqa olamiga sayohat qildirish. O‘zbek musiqa bundan ming yillar oldin Turon zaminida o‘z kuy va ohanglari bilan hozirgi davrimizgacha ijro etilib kelmoqda. Mustaqillikdan keyin milliy kuy va qo‘shiqlarimiz xorijiy davlatlarda ijro o‘zbek san’arkorlarini ijro uslublari yuqori baholanadi.
Darsning uslubi: “O‘zbegim milliy qadriyatlar” mavzusida she’r, doatonlar, folklorshunoslik haqida tushuncha.
Reja:
Kirish suhbatida fasllar, oylar, yillar haqida to‘xtalib o‘tish.
Bugungi dars mavzusini yoritib borish.
O‘qituvchi: Aziz o‘quivchilar, sizlar bilan o‘tgan darsimizda o‘zbek folklar uslublarini o‘tgan edik. Qani kim menga folklorchilik tushunchasi haqida gapirib beradi.
O‘quvchi: Milliy urf odatlarimizga kirib, qadim zamonlardan ijro etilib kelinayotgan kuy va qushiqlarimizni o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchi: Yana kim Folklorchilik uslublari haqida so‘zlab beradi?
O‘quvchi: Folklorchilik 5 uslubda bo‘ladi:
Xorazm uslubi. 2. Samarqand- Buxoro uslubi. 3. Qashqadaryo- Surxondaryo. 4- Andijon- Namangan- Farg‘ona uslubi. 5. Toshkent- Sirdaryo- Jizzax uslubi.
O‘qituvchi: Raxmat, endi menga ijro etilish uslublari haqida kim gapirib beradi?
O‘quvchi: Folklorchilikdagi uslublar o‘zlarini kiyinishi, ijro etilishi hamda raqsi bilan ajralib turadi.
O‘qituvchi: Endi o‘tilgan qo‘shiqni ijro etamiz.
“Urchig‘im”
Momalarim qo‘llarida
Gir aynalar urchig‘im
Urchig‘im hoy urchig‘im
Chir aylanar urchig‘im
O‘qituvchi: Ovoz sozlash mashqlarini o‘tamiz. Qani o‘quvchilar kim menga so‘zlab beradi ovoz sozlash mashqi haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |