Dars ishlanmalari


Qizil rangli materialga yashil rangli shisha orqali qaralsa qanday rangda ko’rinadi?


Download 0.97 Mb.
bet3/5
Sana21.10.2020
Hajmi0.97 Mb.
#135209
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf 4-chorak ishlanma


1. Qizil rangli materialga yashil rangli shisha orqali qaralsa qanday rangda ko’rinadi?

2. Latifaning xatosini toping. “ Bir kishining buzog’i qishda quritilgan ko’k beda tamom bo’lgach, sariq somonni yemay qo’yibdi. Nasriddin Afandiga maslahatga borgan ekan, “ yashil ko’zoynak taqib qo’ying “ debdi. Maslahatga amal qilganda buzoq somonni yashil beda deb yeya boshlabdi”.

 

Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni takrorlash va topshiriqlarni bajarish.

“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil


Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu: LABORATORIYA ISHI: YASSI KO'ZGU YORDAMIDA YORUG’LIKNING

QAYTISHINI O'RGANISH

 

Darsning maqsadi:



o'quvchilarda ko'zgu yordamida уоrug’likning qaytish qonunlarini amalda o'rganish malakasini hosil qilish.

 

Dars maleriallari:



1. Fizika darsligi.          

2. Laboratoriya ishini o’tkazish uchun kerakli jihozlar (darslikda keltirilgan).   

 

Asosiy tushuncna va atamalar: 



        yorug'likning tushish va qaytish burchagi;

               — yorug'likning qaytish qonuni   


Darsning blok-chizmasi

 №

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O`tilganlarni takrorlash.

7 minut

3

Laboratoriya ishini o`tkazish

20 minut

4

Yakunlar chiqarish va hisobot tayyorlash

13 minut

5

Uyga topshiriqlar

2 minut

 

 

Darsning borishi:



O'tilganlarni takrorlagandan so'ng laboratoriya ishi bajarishga kirishiladi. Bunda avval maqsad va o'tkazish usuli tushuntiriladi. Ishni bajarish tartibi darslikda keltirilgan.

Yorug'likning qaytish qonuni o'rganilganda tushgan va qaytgan nurlarning burchaklari tengligi aytilgan edi. Lekin ularning bir tekislikda yotishini tushunish qiyin bo'lganligidan (geometrik tayyorgarligi yo'qligidan) aytilmagan edi. Laboratoriya ishining 5-bandida ish qismini o'rganishga doir vazifa keltiriladi. Xulosa birgalikda chiqariladi.

Laboratoriya ishi bajarib bo'linganidan so'ng yakunlash uchun savollar darslikda keltirilgan. Kunduzgi, Quyoshli kunda laboratoriya ishi bajarilsa, yorug'lik nurini optik diskda aniq ko'rinadigan joyda bajarilishiga e'tibor beriladi.

NAZARIY QISM

Yorug'lik havodan ko’zguga tushganda u qaytadi. Yorug'likning qaytishini o'rganish uchun quyidagi qurilmadan foydalanamiz.

Optik disk o'rtasiga yassi ko'zgu qo'yib, unga «nurli ko'rsatkich» (lazer) nuri yuboriladi. Bunda ko'zgudan qaytgan nur  ko'rinadi. Nurning tushish burchagini o'zgartirib ko'rilsa, qaytish burchagi ham unga mos ravishda o'zgaradi.

Tushiriladigan yorug’lik sifatida lazer nurini olamiz. Bu nur yig’ilgan bo’lib bir to’g’ri chiziq bo’yicha tarqaladi, bu tajribani o’tkazishga qulay. Optik disk shunday moddadan qilinganki unda nur tarqalish yo’li yaqqol ko’rinib turadi. Bunga sabab unda nur tarqalish yo'li bo’ylab sochilib boradi.

AMALIY QISM



Zaruriy jihozlar: Optik disk, yassi ko’zgu, lazer nuri manbai, o’lchamlari 160 x 200 mm bo’lgan oq qalin qog’oz.

Ishning bajarilish tartibi:

1. Animasiyada ko'rsatilgan qurilmani yigiladi. Optik disk o'rtasiga yassi ko’zgun o’rnatiladi.

2. Nurli ko’rsatkichni optik disk chetiga mahkamlab, undan ko’zguga yorug’lik tushiriladi.

3. Tushish burchagini o’zgartirib, ularga mos kelgan qaytish burchaklari aniqlanadi. Natijalar jadvalga yozib boriladi.

4. Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi tekshiriladi.

5. Oq qalin qog’ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopishadigan qilib qo’yiladi. Shunda qog’oz yuzida qaytayotgan nur ko’rinib turadi. Qog’ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko’rinadi. Bu hodisadan xulosa chiqaring.

6. Tajribani nur ko’rsatkichni optik diskning chap tomoniga o’rnatib takrorlang.

Uyga topshiriqlar. Mavzuni takrorlash. "Kubik" tomonlarini to'ldirish. Mavzu: "Yorug'lik nuri" (usuli yuqorida ko'rsatilgan).

 

“Tasdiqlayman”



O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil




Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu: LABORATORIYA ISHI: "SHISHA PRIZMA YORDAMIDA

YORUG'LIKNING SPEKTRGA AJRALISHI"NI O'RGANISH

 Darsning maqsadi:

― yorug'likning spektrga ajralishini amalda o'rganish;



o'quvchilarda tajriba o'tkazish malakalarini shakllantirish.

 Dars materiallari:

1. Fizika darsligi ,

2. Laboratoriya о’tkazish uchun zaruriy jihozlar (darslikda keltirilgan).

 Asosiy tushuncha va atamalar:

yorug'lik rangi;

spektr, spektr kengligi;

ranglarning joylashish tartibi.

Darsning blok-chizmasi


 №

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O`tilganlarni takrorlash.

7 minut

3

Laboratoriya ishini o`tkazish

20 minut

4

Yakunlar chiqarish va hisobot tayyorlash

13 minut

5

Uyga topshiriqlar

2 minut

 

Darsning borishi:

Darsning borish tartibi 58-darsdagidek bo'lishi mumkin. Bunda tajriba qorong'ulashtirilgan xonada olib borilishini hisobga olish kerak. Laboratoriya ishini o'tkazish tartibi darslikda keltirilgan.

NAZARIY QISM

Bu laboratoriya ishida spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga va prizma kengligiga bog’liqligini o’rganamiz. Buning uchun har xil turdagi shishadan yasalgan va har xil kenglikdagi prizmalar olamiz va qurilmada yorug’lik va ekranning vaziyatini o’zgartirmasdan prizmani almashtirib ekrandagi spektr kengligini o’lchaymiz. Ba'zi shisha prizmada spektr kengroq yoyiladi, boshqa tur shishalarda esa kamroq yoyiladi. Prizma asosining kengligiga qarab spektrning ham kengligi ortib boradi.

 AMALIY QISM



Zaruriy jihozlar: Proyeksion apparat (ichida cho’g’lanma elektr lampasi va nurni to’plab beruvchi optik sistemasi bo’lgan qurilma), turli shishadan yasalgan va turli kenglikka ega prizmalar, ko'chma ekran.

Ishning bajarilish tartibi:

1. Animatsiyada ko'rsatilgan qurilma yig’iladi.

2. Proyeksion apparatni yoqib, undagi nur ingichka holatda prizmaga tushiriladi (buning uchun proyeksion apparatdan chiquvchi nurni tor tirqishdan o’tkaziladi).

3. Prizmani burib, ekranda aniq yorug’lik spektri hosil qilinadi. Ekranda spektr kengligi o’lchab olinadi.

4. Tajribani avval bir xil asosli turli shishadan yasalgan prizmalar qo’yib takrorlanadi. Keyin bir xil shishadan yasalgan har xil asos kenliligiga ega prizmalar bilan bajariladi.

5. Har bir prizma uchun spektr kengligi jadvalga yozib boriladi.

6. Spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga, prizma asosining kengligiga bog’liqligi o’rganiladi.

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1. Nima sababdan shisha prizma ranglarni ajratadi?



2. Prizmani yorug'lik manbaiga yaqinlashtirilsa, ekrandagi manzara qanday o'zgaradi?

3. Prizmani o'z o'qi atrofida aylantirilsa, spektr ko'rinishi qanday o'zgaradi?

“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil




Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana










Mavzu: Masala yechish.

Maqsad: O’quvchilarda masala yechish ko’nikmalarini hosil qilish.

Yorug`lik manbalari

O`zidan yorug`lik chiqaradigan jismlarga aytiladi. Shartli ravishda tabiiy va sun'iy manbalarga ajratiladi.

Yorug`lik qabul qilgichlari

Yorug`lik ta'sirida ishlaydigan jismlarga aytiladi. Masalan, fotoplyonka, fotoqog'oz, vidеokamеra, quyosh batarеyalari va h.k.

Yorug`likning tarqalishi

Shaffof bir jinsli muhitda to`g`ri chiziq bo`ylab tarqaladi. Yorug`lik tarqalayotgan chiziq yorug`lik nuri dеyiladi.

Yorug`likning qaytish qonuni

 

 

Tushgan nur va nur tushgan nuqtaga o`tkazilgan pеrpеndikulyar orasidagi burchak α tushish burchagi, qaytgan nur va pеrpеndikulyar orasidagi burchak γ qaytish burchagi dеyiladi. Tushish burchagi qaytish burchagiga tеng.



 

 


Yorug`likning sinishi

 

 

Singan nur va nur tushgan nuqtaga o`tkazilgan pеrpеndikulyar orasidagi burchak β sinish burchagi dеyiladi. Yorug`lik optik zichligi kichik bo`lgan muhitdan optik zichligi katta bo`lgan muhitga o`tganda sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo`ladi.

Soya va yarim soya

 

 

Yorug`likning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishi tufayli to`siq orqasida yorug`lik mutlaqo tushmaydigan soha soya, qisman tushadigan soha yarim soya dеyiladi.

  


Quyosh tutilishi

 

Yеr va Quyosh oralig`iga Oy tushib qolganda, Quyoshdan Yеrga kеladigan nurlarni Oy to`sib qolish hodisasi. Yеrdagi kuzatuvchining joylashgan o`rniga bog`liq holda to`la tutilish yoki qisman tutilish kuzatiladi.



Oy tutilishi

  Oy va Quyosh oralig`iga Yеr tushib qolganda, Yеrning soyasi Oyga tushish hodisasi.

 

 


“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil


Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu:_Nazorat ishi 7

Yozma ish

Darsning maqsadi: O’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.

“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil




Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu:  TOVUSH MANBALARI VA UNI QABUL QILGICHLAR

 

Darsning maqsadi:



— tovush haqidagi tushunchalar, uning manbalari va qabul qilgichlari haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berish.  

 Dars materiallari:

l. Fizika kitobi.       



2. Mikrofon, dinamik, kamerton, musiqa asboblari (уоki ularning o'yinchoq maketlari), metall chizg’ich.

 Asosiy tushuncha va аtamalar:

— tovush, ultratovush, infratovush;



— tebranma harakat; 

tebranishlar chastotasi;   

kamerton, mikrofon, dinamik;

rezonator;

tovush manbai va qabul qilgichlar.

 

Darsning blok-chizmasi



 №

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

Kirish suhbati o`tkazish

10 minut

3

Tajriba-namoyish o`tkazish

5 minut

4

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish ustida ishlash

25 minut

5

Uyga topshiriqlar

3 minut

 Darsning borishi:

O'quvchilarga kirish suhbati o'tkazilganda yangi bob va unda о’rganiladigan fizik hodisalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. O'quvchilar bilan "Faraz qilaylik, bir kun Yer yuzida mutlaqo tovush yo'q bo'lib qolsin. Bu qanday oqibatlarga olib keladi?" mavzusida "aqliy hujum" otkazaylik. O'quvchilar javobi umumlashtirilganda, bu narsa katta falokatlarga olib kelishi mumkinligi ko'rinadi. Shu bilan bobning dolzarbligi korsatiladi. Davomida tovushning o'quvchilar bilmaydigan sohalarda ishlatilishi ham hikoya tarzida beriladi. Shundan so'ng darslikda keltirilgan metall chizg'ich bilan tajriba-namoyish ko'rsatiladi. Bu bilan tovush chiqarish, nimaningdir tebranishi bilan bog'liqligi ko'rsatiladi va tebranma harakat ta'rifi keltiriladi. Tovushning asosiy xarakteristikasi chastota tushunchasi o'rganilgach, infratovush va ultratovushlar ta'rifi beriladi. So'ngra kamerton bilan tajriba-namoyish ko'rsatiladi. O'quvchilar kamertonni kundalik turmushda uchratmagan bo'lsalar-da, mikrofonni hamma ko'rgan. Insonga nisbatan hayvonlarning tovush qabul qilish diapazoni boshqacha bo'lishi o'quvchilarni qiziqtiradi. Shunga ko'ra, ba'zi hayvonlar Yer qimirlashini oldindan sezishini aytish bilan, Yer qimirlashi oldidan borayotgan jarayonlarda ultratovush yoki infratovush hosil bo'lishi, ularni qayd qilish voqeani oldindan bilish imkoniyatlarini tug'dirishi tushuntiriladi.

Tovush qanday hosil qilinishini o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik (1-rasm). Chizg'ichni olib parta chetiga uchini uzun qilib chiqargan holda qo'yaylik. Qolgan qismini rasmda ko'rsatilganidek qo'l bilan bosib ushlaylik. Uzun uchidan bosib qo'yib yuborsak, chizg'ich uchi tebrana boshlaganini ko’ramiz. Bunda tovush chiqadimi? Chizg'ich uchini parta ustiga surib tajribani takrorlaymiz. Bunda tovush eshitiladi. Chizg'ichning tebranuvchi qismini kamaytirib borsak, tovush aniqroq eshitila boshlaydi.





1-rasm

Demak, tovush chiqaruvchi barcha manbalarda nimadir tebranar ekan. Haqiqatan ham, radiokarnayni 2-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, ustiga kichik yengil po'kak parchalarini yoki o'yinchoq to'pponchaning plastmassa sharcha - o'qlarini qo'ysak, tovush chiqayotganda sakrab turganligini ko'ramiz.



2-rasm

Nima sababdan uzun chizg'ich tebranib turganda biz uning tovushini eshitmadik? Buni tushuntirish uchun tebranishni xarakterlaydigan tushuncha va kattaliklarni kiritaylik.

1. Har qanday takrorlanuvchi harakatga tebranma harakat deyiladi.

2. 1 sekund vaqt davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi. Chastotani ν harfi bilan belgilanadi. Agar jism 1 sekundda 1 marta tebransa, uning chastotasini 1 Gers (Gs) deb qabul qilingan.

Inson qulog'i 16 Gs dan 20 000 Gs gacha bo'lgan tovushlarni seza oladi. 16 Gs dan kichik tovushlarni infratovush va 20 000 Gs dan kattalarini ultratovush deyiladi.



Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga kamerton deyiladi. Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan bo'lib, musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli metall sterjendan iborat bo'lib, o'rtasida tutqichi bor (3-rasm).



3-rasm

Rezina tayoqcha bilan kamertonning bir shoxchasiga urilsa, ma'lum bir tovush eshitiladi. Kamertonning tebranishiga ishonch hosil qilish uchun ipga birorta yengil sharchani osib, uni kamertonning ikkinchi shoxchasiga tegizib qo'yamiz. Kamertondan ovoz chiqqanda sharcha ham tebranib turganligini ko'rish mumkin. Kamertondan chiqadigan ovozni kuchaytirish uchun u yog'ochdan yasalgan qutiga o'rnatiladi. Bu qutini rezonator deyiladi. Shu maqsadda rubob, tor, dutor, tanbur kabi asboblarda tebranuvchi sim ostiga yupqa parda qo'yiladi. Odamning ham tovush chiqaruvchi og'zi kamertonga o'xshaydi. Til tebranuvchi jism bo'lsa, og'iz bo'shlig'i va tomoq rezonator vazifasini bajaradi.

Tovush qabul qilgichlarga birinchi navbatda inson qulog'ini kiritamiz. Quloq ichida maxsus parda bo'lib, unga tovush tushganda tebranadi va undan signallar miyaga uzatiladi. Odamlarning quloqlarining sezgirligi turlicha bo'ladi. O'quvchi yoshlar bilan qariyalarning qulog'i birday eshitmaydi. Xuddi shunday, hayvonlarning ham tovushni eshitish chastotasi diapazoni boshqacha. Kapalaklar, kuchuk va mushuklar, ko'rshapalaklar ultra tovushlarni ham qabul qila oladi. Delfin 200 kGs gacha bo'lgan ultratovushlarni qabul qiladi.

Tovushni qabul qilish uchun maxsus mikrofonlar yaratilgan. «Mikrofon» so'zi yunoncha ikki so'zdan: mikros – kichik va phone – tovush so'zlaridan olingan. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebranishlariga aylantiriladi, so'ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchaytiriladi.

Chastotasi 7–9 Gs bo'lgan infratovush insonlarga yomon ta'sir ko'rsatadi. U bosh aylanishni, qayt qilishni vujudga keltiradi. Ko'proq muddat ta'sir etsa, o'limga olib kelishi ham mumkin. Shunday voqea kuzatilgan. Mamlakat poytaxtlarining biridagi teatrda tragediya ko'rsatilgan. Tomosha paytida «Organ» deb ataluvchi musiqa asbobi chalinishi kerak edi. Sahnadagi fojeaning tomoshabinlarga ta'sirini kuchaytirish maqsadida teatrning musiqaviy mexanigi organ trubalarini biroz o'zgartiradi. Tomosha boshlanib, musiqachi organ klavishlarini bosa boshlaganda zaldagi odamlarda qandaydir qo'rquv hissi uyg'ona boshlagan. Natijada odamlar dastlab birin-ketin, keyin yoppasiga teatrdan qochib qolgan. Tekshirilganda organdan infratovush chiqadigan bo'lib qolgan ekan. Hozirgi kunda infratovushning inson salomatligiga ta'siri o'rganilgan va shovqinlar manbai bo'lgan joylarda infratovushlar bor yoki yo'qligi aniqlanadi.



Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1. Kamerton shoxchasining uzunligi o'zgartirilsa, undan chiquvchi tovush qanday o'zgaradi?

2. Quloq tovushni qanday qabul qilishi haqida Sizda qanday fikrlar bor?

3. Tor, ruboblarga nima sababdan yupqa parda qoplanadi?

 Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuga doir materiallarni o'qish va topshiriqlarini bajarish.

“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil




Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu: TOVUSHNING TURLI MUHITLARDA TARQALISHI

 Darsning maqsadi:  

tovush tarqalishining o'ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

 Dars materiallari:   

1. Fizika darsligi.



2. Tajriba-namoyish uchun zaruriy jihozlar.

3. Doska, bo'r.

 Asosiy tushuncha va alamalar:

— tovush tarqaluvchi muhit;



tovush tezligi, tovush tezligining temperaturaga bog'liqligi;
Darsning blok-chizmasi

 №

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash.

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

20 minut

4

Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar("Didaktik o`yin")

13 minut

     Darsning borishi

Yangi mavzuni o'rganishda, imkoniyati bo'lsa, shisha qalpoq ostiga qo'yilgan mexanik budilnik ovozini havo so'rib olinganda eshitilmay qoshilishini ko'rsatish maqsadga muvofiq. Bu bilan tovush tarqalishi uchun albatta muhit kerakligi ko'rsatiladi. Shundan so'ng gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jismlarda tovush tarqalishining o'ziga xos xususiyatlari tushuntirib beriladi. Tovushning havoda va suvda tarqalish tezligini birinchi bor qachon va kimlar o'lchaganliklari darslikda keltirilgan. Tovushning qattiq jismda (cho'yanda) tarqalish tezligini fransuz olimi Bio o'lchagan. Buning uchun uzunligi 930 m bo'lgan cho'yan quvurining bir uchi oldida qo'ng’iroqqa urilgan. Narigi uchidan ikkita tovush qabul qilingan. Biri quvur orqali oldin kelgan, ikkinchisi havo orqali keyin kelgan. Ularning kelish vaqtining farqi 2,5 s. Tovushning havoda tarqalish tezligi 340 m/s bo'lsa, cho'yanda tarqalish tezligi 395 m/s chiqqan. Darsda gugurt qutisidan tayyorlangan telefon namoyish qilinsa, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'onadi. Hayotiy misollar keltirishni o'quvchilarning o'ziga topshirish mumkin.

Darsni mustahkamlashda quyidagicha "didaktik o'yin" o'tkazish mumkin. O'quvchilar 4 tadan bo'lib guruhlanadilar. Har bir guruh qog'ozga, tovushga doir bitta savolni yozadi va qo'shni guruhga uzatadi. Savol olgan guruh unga qisqa javobni yozib navbatdagi guruhga uzatadi. U guruh savol va javobni o'qib, qo'shimcha fikr yozadi va o'qituvchiga uzatadi. O'qituvchi original savol va javoblarni rag'batlantiradi.

 Tovushning tarqalishini o'rganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba o'tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qo'ygan. Bunda soatning chiqillab yurgan ovozi bemalol eshitilib turgan (1 -rasm). Shundan so'ng qalpoq ichidagi havoni so'rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida butunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo'q. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil bo'ladi. So'ngra siqilish va kengayish havo zarrachalari orqali atrofga tarqaladi.





1-rasm

Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda o'tkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitilganligiga e'tibor bergan bo'lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushaklarning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug'likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen o'lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga teng. Bu miltiq o'qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko'tarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0°C dagi tovush tezligi quyidagi jadvalda keltirilgan.


Gazlar

v, m/s

0ºC da


Suyuqliklar

v, m/s 20ºC da

Qattiq jismlar

v, m/s

Azot

333,6

Dengiz suvi

1490

Alyuminiy

6260

Kislorod

316

Aseton

1192

Temir

5850

Uglerod (II) oksid

338

Gliserin

1923

Oltin

3240

Argon

319

Simob

1451

Mis

4700

Xlor

206

Etil spirti

1188

Kumush

3620

2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuqlikda zarrachalar gazlarga nisbatan zichroq joylashganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq bo'ladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va Ya. Shturm Shvetsariyadagi Jeneva ko'lida o'lchashgan. 8°C li suvda o'lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Anhorlarda cho'milganda suv tagida ikkita toshni urib ko'rib, uning ovozini eshitgan o'quvchilar bo'lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab, baliqlar ovoz chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. «Baliqdek soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo'ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o'tmaydi.

3. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi. Buni o'rganish uchun o'yinchoq telefon yasaymiz. Yog'ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qo'yamiz. Har birida bittadan cho'pni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib cho'plarga bog'laymiz. Qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! O'rtog'ingizga birini berib, qulog'iga tutishini so'rang. O'zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, o'rtog'ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd yo'li relslariga quloq tutgan odam, poyezdni ko'rmasa-da, uning kelayotganini eshitadi. Ba'zi filmlarda «hindu»larning yerga yotib, otliqlar yoki hayvonlar to'dasi yaqinlashayotganini bilib olganligini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Qattiq jismlarda tovushning tarqalish tezligi eng katta ekanligi jadvaldan ko’rinib turibdi.

AMALIY TOPSHIRIQ

1. Suvning isishidan boshlab, qaynagunga qadar chiqaradigan ovozlarini yaxshilab eshiting. Sababini guruhda muhokama qiling.

2. Imkoniyatingiz bo'lsa, ovozingizni magnitafonga yozib, eshitib ko'ring. Ovozingizni tanidingizmi?



Darsni mustahkamlash uchun savollar:

1. Baliqlar ovoz chiqarmaydi degan gap rostmi?



2. Oyda Yerdagiga qaraganda tovush uzoqroqqa tarqaladimi yoki aksinchami?

3. Nima sababdan odam o'z ovozi yozilgan magnit tasmasini eshitsa tanimaydi?

 Uyga topshiriqlar. Darslikdan 54-mavzuni o'rganish va amaliy topshirig'ini bajarib kelish.


“Tasdiqlayman”

O’IBDO’_____R.Egamov

“___”_______201__ yil




Sinflar

6A

6B

6D

Dars o’tiladigan sana











Mavzu: TOVUSH КАТТАLIKLARI

 

Darsning maqsadi:



— o'quvchilarda tovush kattaliklari haqida tushunchalar hosil qilish.

 

Dars materiallari:

1. Fizika darsligi va plakatlar.

2. Tovush generatori va dinamik.

3. Elektron ossillograf va mikrofon.

 

Asosiy tushuncha va atamalar:

— tovushning qattiqligi, balandligi, tembri;

tebranishlar amplitudasi;

detsibel;

asosiy ton;

— obertonlar;



bass, bariton, tenor, soprano, konfralto, messo-soprano, koloratur soprano.

Darsning blok-chizmasi

 




Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash.

10 minut

3

Tajriba namoyish etish

5 minut

4

Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash

20 minut

5

Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar

8 minut

  Darsning borishi:

Tovush kattaliklarini o'rganishda ularning ham fizik, ham fiziologik jarayon ekanligini o'quvchilarga yetkazish kerak. Shunga ko'ra, tovush qattiqligi odamning fiziologik xususiyatlari bilan bog'liq holda tushuntiriladi. Tovush balandligi va shu kabi boshqa kattaliklarni o'rganishdan oldin tovush generatori va elektrodinamik karnay yordamida turli chastotali tovushlar eshittiriladi. Generatordan tovush qattiqligi boshqariladi. Tovush yo'liga mikrofon qo'yib uning ikkinchi uchini elektron ossillografga ulanadi. Shunda tovush tebranishlarining chastota va qattiqligiga qarab o'zgarishini ekranda kuzatish mumkin bo'ladi. O'quvchilarni mikrofonga gapirtirib, ossillografda tebranishlarni kuzatish imkoni berilsa, qiziqarli bo'ladi (mikrofon kuchaytirgich orqali ulanadi). Xuddi shunday mikrofon oldida turli kamertonlardan chiqayotgan ovozlarni ham ossillograf ekranida kuzatish imkoniyati bor.

Yangi mavzuda erkak va ayollarning chiqaradigan asosiy tonlari keltirilishi o'quvchilarda qiziqish uyg'otadi. Bunda ularning ovozi qaysinisiga to'g'ri kelishi haqida o'zaro fikr almashishlari mumkin.



Tovushlar yo'g'on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo'ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.

1. Tovushning qattiqligi. Tovush manbalari mavzusida ko'rsatilgan 1-rasmdagi kamertonning sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg'a bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha ma'lum uzoqlikka borib keladi. Bolg'a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi. Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlashishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha katta bo'ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma'lum kattalikdan kichik bo'lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1 m2 yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 0,000001 mkVt deb belgilangan. Birlik yuzaga to'g'ri kelgan tovush quvvati 1 Vt/m2 ga borganda inson qulog'ida og'riq sezadi va tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 1858-yilda nemis fiziklari V. Veter va G. Fexner tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush qattiqligining o'lchov birligi  detsibel (dB) deb qabul qilingan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan G. Bel sharafiga qo'yilgan. Og'riq sezish bo'sag'asini 130 dB deb qabul qilingan (1 detsibel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko'ra, sekin suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110–120 dB ga teng. Tovushning balandligini mexanik va elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. Masalan: karnaydan chiqayotgan ovozni bir tomonga yo'naltirib, tarqalish yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (1-rasm) ham shunday tovushni yo'naltirib beradi. Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi apparatlar bo'lmaganida, «qulog'i og'ir» odamlar ruporni qulog'iga qo'yib eshitganlar.



1-rasm

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling