Dars ishlanmalari


Kuchaytiruvchi yordamchi stansiya (podstansiya)


Download 0.99 Mb.
bet25/27
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1052470
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
8-sinf-4-chorak-fizika-konspekt-

1. Kuchaytiruvchi yordamchi stansiya (podstansiya). Elektr energiyani katta masofalarga uzatishda elektr toki o'tayotgan simlarning qizishini hisobga olish kerak.
Tokning simlari qizdirishga sarflanadigan quvvatini hisoblaymiz. Quvvatning ta'rifiga ko'ra P =A/t. Biroq, Joul-Lens qonuniga ko'ra A = Q= I2Rt. Shuning uchun

Bu formuladan ko'rinadiki, elektr uzatish tarmog'idagi energiya isrofini kamaytirish uchun: a) tok kuchini kamaytirish; b) tarmoqning qarshiligini kamaytirish zarur.
Tarmoqning qarshiligini kamaytirish uchun solishtirima qarshiligi kichik bo'lgan materialdan (odatda mis yoki alyuminiydan) tayyorlangan yo'g'on (ko'ndalang kesimi katta bo'lgan) simlar ishlatiladi. Lekin simlarni haddan yo`g`on qilib ishlab bo`lmaydi. Birinchidan, osilganda elektr uzatish tarmoqlarida o`z og`irligini ko`tara olmay uzilib ketadi. Ikkinchidan iqtisodiy tomondan zarar. Eng samarali usuli kuchlanishni orttirish, transformatsiyalash.
Buning uchun elektrostansiya hududida yuksaltiruvchi transformatorlar o'rnatiladi. Ular generatorlar beradigan kuchlanishni (odatda taxminan 20 000 V) elektr uzatish tarmog'ining uzunligiga bog'liq holda 500 000 V, 750 000 V va, hatto, 1 150 000 V kuchlanishgacha orttirib beradi. Kuchlanishni 20 000 V dan 500 000 V gacha, ya'ni 25 marta orttirib, tarmoqdagi isrofni 252=625 marta kamaytirish mumkin. Kuchlanish 40 marta orttirilganda esa isrof 1600 marta kamaytiriladi. Nihoyat, kuchianishni 1 150 000 V gacha orttirish elektr uzatish tarmoqlari simlarining qizishida isrof bo'ladigan energiyani deyarli 3600 marta kamaytiradi. Ammo o`zgaruvchan tok uzatish tarmog`ida kuchlanish juda yuqori bo`lganda simlar atrofida tojli zaryad paydo bo`lishi tufayli elektr energiyasining isrofi keskin ortadi. Uzatish tarmog`ining simlari orasida kuchlanish katta bo`lgani uchun havodan tok o`tib uchqun razryad paydo bo`ladi. Bu razryad ingichka kanaldan chiqib tarmoqlanayotgan zigzagsimon ravshan shu`lalar dastasi ko`rinishida bo`ladi. Momaqaldiroq paytidagi yashinga o`xshaydi. Shuning uchun yuqori kuchlanishli uzatish tarmoqlari tagidan o`tish yoki o`ynash xavfli xisoblanadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling