Dars ishlanmasi (konspekt)


Download 38.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi38.5 Kb.
#225840
Bog'liq
1 sinf N n harfiga dar ishlanma


Rahmonova Dilshoda dars ishlanmasi N n harfi

Dars sanasi: Sinf: 1-“_sinf"____________”

Fan nomi: Ona tili

Dars mavzusi: N n harflari.

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, P tovushi va P p harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga o’zidan kattalarga hurmatda bo’lish, ularning hurmatini joyiga qo’yish tuyg’ularini tarbiyalash

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: aralash

Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.

Dars jarayoni va texnologik xaritasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.


Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

N n harflari haqida tushuncha berish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

N harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish

sh tovushini talaffuz qildirish

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:



  • O’tgan darsimizda qaysi harfnio ’rgangan edingiz?

  • O harfi bilan tanishgandik

  • Olma so’zi necha bo’g’inli?

  • O harfi qanday yoziladi?

- O harfi bilan boshlanadigan so‘zlarni ayting.


  • Oqqush, olma so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering

  • O harfini talaffuz qiling (Birgalikda talaffuz qilinadi)

Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.

O’quvchilardan o’rganilgan harflarni so’rayman va o harfi ishtirokida Shuhrat sholi terdi gapi kesma bo’g’inlar yordamida yozdiraman.
3. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzuni e’lon qilaman.

Savol-javobdan keyin n undosh tovushining hosil bo’lish o’rni haqida o’rgatiladi.O’rganilgan N tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o’quvchilarga yozib ko’rsatiladi. N harfi bilan boshlanadigan so’zlardan aytiladi. Ntovushi talaffuz qildiriladi.

Darslik bilan ishlash. Darslikda berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:

Non Na-si-ba

Nok Na-fi-sa


KAPALAK BILAN ASALARI

Asalari asal to’plab kelayotgan edi. Yo’lda kapalakni ko’rdi. Kapalak asalarini turtib:

  • Nari tur, kiyimim kir bo’ladi! – dedi.

Asalari kapalakka yo’l berdi. Kapalak o’tib ketdi. Asalari yana yana ko’p asal to’pladi.

So’ngra navbatma-navbat o’quvchilar zanjir usulida o’qiydilar.

4. Dam olish daqiqasi

Darslikdagi maqol o’qib yodlatiladi. Ma’nosi izohlanadi.

Oldin o’yla, keyin so’yla.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol v atopshiriqlar

N harfi va uning elementlari daftarga yoziladi. Norvon, novvot so’zlari ham bir qatordan yoziladi

V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.



Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling