Dars ishlanmasi (konspekt)
Download 47.5 Kb.
|
1 sinf tovush va harflar mavzusida da
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni va texnologiyasi
- III. Yangi mavzuni tushuntirish
- 5- mashq
- Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi:_________ Sinf: ___ Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: Tovush va harflar Dars maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologiyasi
Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi. 1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? “Ona tilim” she’rini kim yozgan? Ona tili fani nimani o’rgatadi? 4. Ona tilimizda nechta tovush va harf bor? Ona tili kitobi o’quvchilarga tanishtiriladi. Ushbu darslikdan o’quvchilar nimalar haqida o’qib o’rganishi, kitobni toza ozoda-tutishi haqida o’quvchilar bilan suhbatlashiladi. III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. -Ona tilimizda nechta tovush va nechta harf bor?
5-mashq. So’zlarning bitta tovushini o’zgartirib, yangi so’z hosil qiling va daftaringizga yozing. Qovun – sovun, ikki – ukki, mart – shart, so’qmoq – to’qmoq Savlat – davlat Qaysi tovushlar so’zlarning ma’nosini o’zgartiryapti? 6-mashq. Qovunlar nomini aniqlang va yozing. Qovunlar Ananas qasir-qusur, Pichoqqa ilinmaydi. Oqurug’I – mayiz, holva, Po’chog’I bilinmaydi… O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi. Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilar yozgan matnlarini o’qib beradilar. Ularning fikri umumlashtiriladi. Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi. . V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. Uyga vazifa. 7-mashq. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling