Dars ishlanmasi (konspekt)


Download 47.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi47.5 Kb.
#210166
Bog'liq
1 sinf tovush va harflar mavzusida da


DARS ISHLANMASI (KONSPEKT)

Dars sanasi:_________ Sinf: ___

Fan nomi: Ona tili

Dars mavzusi: Tovush va harflar

Dars maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish

Dars turi: aralash

Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.

Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi

Harflarni yozish o’rgatiladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Tovush va harflar haqida tushuncha berish

Harflarni bog’lab yozishni mashq qilish

5-6 mashqni bajarish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

6-bosqich

Uyga vazifa

7-mashq 8 bet

izlanish

1 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.



1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

  1. “Ona tilim” she’rini kim yozgan?

  2. Ona tili fani nimani o’rgatadi?

4. Ona tilimizda nechta tovush va harf bor?

Ona tili kitobi o’quvchilarga tanishtiriladi. Ushbu darslikdan o’quvchilar nimalar haqida o’qib o’rganishi, kitobni toza ozoda-tutishi haqida o’quvchilar bilan suhbatlashiladi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

-Ona tilimizda nechta tovush va nechta harf bor?


-Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz. O’zbek tilida 30 ta tovush bor.

Tovushlar harflar bilan ifodalanadi. Harflarni yozamiz, ko’ramiz va o’qiymiz. O’zbek yozuvida 29 ta harf bor.


5-mashq. So’zlarning bitta tovushini o’zgartirib, yangi so’z hosil qiling va daftaringizga yozing.

Qovun – sovun, ikki – ukki, mart – shart, so’qmoq – to’qmoq

Savlat – davlat

Qaysi tovushlar so’zlarning ma’nosini o’zgartiryapti?

6-mashq. Qovunlar nomini aniqlang va yozing.

Qovunlar

Ananas qasir-qusur,

Pichoqqa ilinmaydi.

Oqurug’I – mayiz, holva,

Po’chog’I bilinmaydi…
O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi.

Dam olish daqiqasi



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

O’quvchilar yozgan matnlarini o’qib beradilar. Ularning fikri umumlashtiriladi. Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi.


. V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa. 7-mashq.
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling