Dars ishlanmasi. Sana


II.2. IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR


Download 191.35 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi191.35 Kb.
#1514042
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dars ishlanmasi

II.2. IJTIMOIY FANLAR, BIZNES VA HUQUQ SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR

1-dars. Darsning mavzusi: Kirish
Darsning ta’limiy maqsadi: О‘quvchilarni biologiya fanining mazmuni, tekshirish obyekti, ilmiy tadqiqot metodlari, fanlar sistemasi, nazariy va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: biologiya fanining mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyatini tushuntirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda ularga ekologik va aqliy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning biologiya fanidan olgan asosiy biologik tushunchalari, о‘quv adabiyotlari va darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Biologiya fanlari sistemasi, metodlari jadvali.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi (taqdimot darsi).

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, fanlari sistemasi, hayotning tuzilish darajalari, ilmiy – tadqiqot metodlari, muammolar, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.


  2. О‘quvchilarning umumta’lim maktabida biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini faollashtirish (1 – ilova).


  3. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.


  4. Yangi mavzuni о‘rganish:




Reja:
1. Biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti;
2. Hayotning tuzilish darajalari,
3. Biologiya fanlari sistemasi;
4. Biologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari;
5. Biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati;
6. Biologiya fanidagi muammolar.
7. Yashil iqtisodiyot.
О‘qituvchi ushbu darsni tashkil etishdan avval, о‘quvchilar guruhi bilan muayyan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. О‘quvchilarga biologiya fani sohasida ishlayotgan “olimlar” maqomini berib, ular zimmasiga biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bо‘yicha axborot tо‘plash va о‘quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi.
О‘qituvchi darsning tashkiliy qismidan sо‘ng, о‘quvchilarning avval о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilimlarini faollashtiradi, sо‘ngra о‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi. Shundan sо‘ng biologiya fanining taqdimoti boshlanadi.
“Olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar navbat bilan о‘quvchilarni biologiya fanining о‘rganish obyektlari va predmeti, biologiya fanlari sistemasi, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, biologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati bilan tanishtiradi.


Download 191.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling