Dars ishlanmasi
Dars turi: nazariy. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Download 77 Kb.
|
A.-Temur-saltanatining-mamuriy-va-harbiy-tuzilishi-dars-ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot bosqichlari Ajratilgan vaqt Mashg’ulot mazmuni
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism;
- III.Yangi mavzuni reja asosida bayon qilish.
Dars turi: nazariy.
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism; a) salomlashish, b)davomatni aniqlash, c)sinfni darsga tayyorlash, d) dunyo voqealari to`g`risida suhbat. II. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( javobi yoziladigan test olish) 1. A. Temur saltanatiga xavf solib turuvchi ikki tomonlama kuch mavjud edi. Ular qaysilar? 2. A. Temur va To`xtamishxon o`rtasidagi so`ngi jang qachon, qayerda sodir bo`lgan? 3. A. Temurning uch, besh, etti yillik yurishlari qaysi yillarda sodir bo`lgan? 4. A. Temur qanday madsadda Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom ustiga uch marta askar tortadi? 5. Uch yillik urushdan so`ng Eronga yana yurish qilinishiga nima sabab bo`lgan? 6. Boyazid kimlarning A. Temurga qarshi harakatlarini qo`llabquvvat-laganligi tufayli ikki davlat – Usmonli turklar va Temur davlati o`rtasida urish chiqishi muqarrar edi? 7. A. Temurni Sulton Boyazid qo`shinlari yengib, Yevropa xalaskoriga aylantirgan jang qachon, qayerda bo`lib o`tgan? 8. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g`alaba bilan A. Temurni qaysi davlatlarning qirollari muboraknomalar yuborgan? 9. A. Temur tuzgan ulkan saltanat qayerdan, qayergacha bo`lgan hududlarni qamrab olgan edi? 10. Qaysi Xalqaro tashkilot tashabbusi bilan qachon A. Temurning 660 yillik yubileyi nishonlandi? O`quvshilar ushbu savollarga javoblarni konspekt daftarlarining orqa tomoniga yozadilar va bu javoblar yig`ib olinib, ehg faol o`quvchilar yordamida tekshirib chiqiladi. Har bitta to`g`ri javob 0,5 ball bilan baho-lahadi. Shunda sinfdagi barcha o`quvchilar bilimlariga yarasha ryal bahoga ega bo`ladilar.
1. Saltanat boshqaruvi. A. Temur o`z saltanatida davlat boshqaruvining ikki idorasini, dargoh va devonni tashkil qilgan. Ular quyidagilardan iborat bo`ligan.
- Bosh hojib, boshqargan - xazinabon, - harbiy vazir, - xonsolar, - mulkchilik va soliq ishlari - qo`shchi, vaziri - bakovul, - moliya vaziri, - kotibdor, - sarhadlar va tobe - bitikchilar mamlakatlar boshqaruvi - tabiblar, bilan shug`ullanuvchi - sozandalar, yana uch vazir bo`lgan. - dasturxonchilar, yuqoridagi mansab egalar faoliyat ko`rsatgan. 2. Suyurg`ol yerlar. Amir Temur Movarounnahrdan tashqari ulkan saltanat tasarrufidagi o`lkalarni o`g`illari, nabiralari va xizmat ko`rsatgan amirlariga suyur-g`ol tarzida in`om qilinib, ular orqali boshqariladi va quyidagicha taqsimlaydi: Mirzo Umar ibn Mironshohga Pirmuhammad Jahongirga Ozarbayjon,G`rbiy Eron. Mahmud G`aznaviy mulki Iroq, Armaniston, Gurjiston Kobul va Qandahordan Shi- Sind daryosi havzasi Pirmuhammad ibn Umar Shayxga Fors o`lkasi Shohrux Mirzoga Xuroson, Mozandaron, Ulug`bek Mirzoga Ray va Seyiston Toshkent, Sayram, O`tror va Ibrohim Sultonga Toshkent, Sayram, O`tror va Farg`ona va Tarozdan to Xo`tonga- cha, ya`ni Sharqiy Turkistonning janubiy g`arbi Ular markaziy hokimiyatga itoat etsalarda, ma`lum mustaqillikga ega bo`lgan. Ular markaziy hokimiyatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o`z qo`shini bilan qatnashish bo`lgan. 3. Qo`shin tuzilishi. Amir Temur davlati mustaqilligi va muhofaza yo`lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo`shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo`shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qisimlar va ularning joylashish taritibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. A. Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan. 4. Janga kirish usuli. Mashhur tarixchi Sharofiddin Alyazdiy o`zining Amir Temurning harbiy yurishlariga bag`ishlab yozgan “Zafarnoma” asarida Amir Temur janglar tarixida birinchi bo`lib jangga kirishning “yetti qo`l” taktikasini qo`llaganligini yozib qoldirgan. Unda qo`shin quyidagicha joylashtirilgan. Asosiy qo`shindan oldinda habarchilar quyidagilar joylashgan: yasaullar Manglay
A. Temur izofa qarorgohi Qo`shinning asosiy qismi bo`lgan” yetti qo`l” quyidagicha joylashtirilgan. qanot qanot manglayi manglayi qanbul so`l qanot markaz o`ng qanot qanbul Qanbullarning vazifasi dushman qo`shinlariini qanotlarni aylanib o`tib, qo`shinni qurshab olishiga yo`l qo`ymaslik bo`lgan. 5. “Temur tuzuklari”. Amir Temur o`g`il va nabiralariga davlat boshqaruvi va jang san`ati tog`risida o`z pand-nasihatlarini ozining “Temur tuzuklari” nomla asarida yozib qoldirgan. IV.Mustahkamlash. O`quvchilarni guruhlarga bo`lib baxs o`tkazish. 1-g. Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan? 2-g. Hokimiyatda qanday lavozimdagi amaldorlar xizmat qilgan? 3-g. Amir Temur davlatidagi uluslar haqida nimalarni bilib oldingiz? 4-g. Suyurg`ol yerlar kimlarga, nima uchun berilgan? 5-g. Amir Temur qo`shini qanday tartibda tuzilgan? V. Guruhlar ishini baholash va o`quvchilarni rag`batlantirish. VI.Uyga vazifa. 119-122 betlarni o`qish va konspektlashtirish. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling