Izofa va uning imlosini
Download 25.61 Kb.
|
5-mavzu-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar: Izofa, aniqlanmish, aniqlovchi, so’z birikmasi, bosh so’z, tobe so’z, izofaning imlosi. Izofa va uning o’ziga xos xususiyatlari
21-DARS(13-ma’ruza) IZOFA VA UNING IMLOSINI Reja: Izofa qanday tuzilasi? Izofiy birikmada aniqlovchi va aniqlanmishning o’rni. O’zbek tilidagi aniqlovchi bilan aniqlanmishning o’rni farq qiladi. Izofaning imlosi. خانه ی من xoneye man matnidagi izofiy birikmalarni aniqlang. 1-mashq. Quyidagi gaplami forschaga tarjima qiling 2- tmashq. Quyidagi gaplami fors alfaviti bilan yozing va tarjima qiling. 3- mashq. Quyidagi birikmalarai izofa imlosiga rioya qilgan holda fors alfavitida yozing. 4- mashq. Quyidagi gaplami fors tiliga tarjima qiling. 5- mashq. Gaplami izofa birikmasi qoidasiga rioya qilib o‘qing va izofa imiosini aniqlang. 6-mashq. O‘qing, tarjima qiling va eslab qoling. 7-mashq.O‘qing va fors alifbosida yozing. Tayanch so‘zlar: Izofa, aniqlanmish, aniqlovchi, so’z birikmasi, bosh so’z, tobe so’z, izofaning imlosi. Izofa va uning o’ziga xos xususiyatlari Izofa fors tilida so‘z birikmasini tuzish uchun ishlatiladigan vositadir. So‘z birikmasi deganda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga birikkan shakli tushuniladi. Izofa ikki yoki undan ortiq so‘zlarni bir-biriga biriktirib, so‘z birikmasi tuzadi. Izofiy usul bilan so’z birikmasi yasalganda aniqlovchi (tobe so‘z) va aniqlanmish (bosh so‘z), qaratqich (tobe so‘z) va qaralmish (bosh so‘z) bir-biriga qisqa “e” tovushi bilan birikadi. O‘zbek tilida oldin aniqlovchi (qaratqich), keyin aniqlanmish (qaralmish) kelsa, fors tilida, aksincha, awal aniqlanmish (qaralmish), so‘ng aniqlovchi (qaratqich) keladi. Ya’ni so‘z birikmasining joylashish tartibi o‘zbek tiliga nisbatan teskari bo'ladi. Fors tilida aniqlanmish bilan aniqlovchi, qaralmish bilan qaratqich o‘rtasidagi aloqa maxsus birikma "IZOFA" yo‘li bilan ifodalanadi. Bunda so‘z tartibi quyidagicha bo‘ladi: birinchi o‘rinda aniqlanmish kelib, undan so‘ng urg‘u olmagan morfologik ko‘rsatgich "E" qo‘shimchasi qo‘shiladi, undan so‘ng aniqlovchi keladi. Aniqlanmish oxiriga qo‘shiladigan qo‘shimcha – "IZOFA" deyiladi. زبان فارسی zabon-e forsi – fors tili پیراهن نو pirohan-e no‘u – yangi ko‘ylak. Izofa arabcha so‘z bo‘lib qo‘shish, orttirish degan ma’noni ifodalaydi. Izofiy birikma bir butun ohang bilan talaffuz qilinadi. O‘zbek tilidagi aniqlovchili birikmalarda so‘z tartibi fors tilidagidan farq qiladi. Fors tilida avval aniqlanmish, so‘ng aniqlovchi kelsa, o‘zbek tilida teskari holatni ko‘ramiz. مداد سبز medod-e sabz – yashil qalam, میز بزرگ miz-e bo‘zo‘rg – katta stol Izofali birikma fors tilida eng ko‘p qo‘llanadigan aniqlovchili birikmadir. Izofali birikmada aniqlanmishga faqat sifat bilan ifodalangan aniqlovchi bog‘lanib qolmasdan, ot va olmoshlar bilan ifodalangan aniqlovchilar ham bog‘lanib, egalik, qarashlilik va mansublik ma’nolarini bildiradi. کتاب دانشجو ketob-e doneshju – talabaning kitobi, دوست من dust-e man – mening do’stim. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling