Izofa va uning imlosini


Download 25.61 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1615683
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu-2

Izofaning imlosini

Izofa ko‘rsatkichi (-e) qisqa unli tovushdan iborat bo’lganligi uchun quyidagi imlo qoidalariga ega:

  1. Agar aniqlanmish (qaralmish) undosh tovush bilan tugasa izofa ko‘rsatkichi -e aniqlanmish yoki qaralmishga to‘g‘ridan- to‘g‘ri qo'shib talaffuz qilinadi. Yozuvda esa aniqlanmishning oxiriga “zir” belgisi qo'yiladi.



میهنِ ماmihan-e mo - Bizning vatanimiz.
کتابِ خوبketobe xub- Yaxshi kitob.
پدرِ پروین pedar-e Parvin - Parvinning otasi.
دخترِ قشنگdo’xtar-e qashang - Chiroyli qiz.
جمهوری ازبکستانjo’mhuri-ye o'zbekestan - 0 ‘zbekiston Respublikasi



  1. Agar aniqlanmish ا – o, و – u unlilari bilan tugagan bo‘lsa bir ی yo orttiriladi.

آشنای پدر oshno – ye pedar – otamning tanishi, مانتوی خواهر montu-ye xohar – opamning montusi.

  1. Hozirgi fors tilida qisqa e unlisi bilan tugagan so’zlarga ham bir ی yo orttirilib –ye deb o’qilyapti.

ناﻤﻪﻯ مادرم nome-ye modaram – onamning xati, بادﻩﻯ ما bode-ye mo – bizning bodamiz.

  1. Aniqlanmish cho‘ziq “i” tovushi bilan tugasa izofa -ye tarzida qo‘shiladi, faqat yozuvda hech qanday qo‘shimcha orttirilmaydi. Aniqlanmishning oxiridagi “i” tovushi bir vaqtning o‘zida -ye tovushini ifodalaydi.

شیرینی خوشمزهShirini-ye xushmazze- totli shirinlik
صندلی راحتیSandali-ye rohati – yumshoq kreslo
Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
1- mashq. Quyidagi gaplarni yozing, o‘qing va izofiy birikmalarini aniqlang..
خواهرم موی مشکی دارد. پيراهنت سرخ است. امروز آسمان آبی رنگ است. ا ين دو مداد سبز است. اين پيراهن بنفش است. پتوی دخترم زرد است. خانمش مانتوی سرمه ای دارد. شما مداد مشکی داريد؟ دفترش نارنجی است. او دوتا پيراهن سفيد دارد.
2- mashq. Quyidagi gaplarni fors tiliga tarjima qiling va izofiy birikmalarining imlosini ko’rsating.
Mening ko‘ylagim gunafsha rangda. Rus tili qiyin, fors tili esa osondir va yoqimlidir. Ingliz tili qiyindir. Biz fors tilini bilamiz. Men ingliz tilini bilmayman. O‘qituvchimiz savollriga forscha javob beramiz. Sening kitobing mening stolimda. Bu qalam yashil rangda . Bu gulning yaxshi hidi bor. Biz Termiz universitetida o‘qiymiz. Ular Toshkent Universitetida o‘qiydilar. Do‘stimning ota-onasi qishloqda yashaydi. Ismingiz nima? Men bu ayolning ismini bilmayman.

Matnini o’qing, ko’chirib yozing, tarjima qiling, izofiy birikmalarini aniqlang.


خانه ی من
من دانشجوی دانشگاه هستم. برادر بزرگِ من هم دانشجو است. خانه ی من برزگ و روشن است. در خانه ی من میز تحریر، صندلی و تخت خواب هست. دیوارِ خانه سفید است. پنجره ی خانه تمیز نیست. اینجا یک قفسه ی کتاب هم هست. خانه بلند و تمیز است. من فردا شب تا شام در خانه هستم. برادرِ بزرگ من با آقای احمدی دوست هستند. شما و خانم پروین داوری خواهر هستید. بچه های خانم پروین داوری زیبا هستند. آیا خانه ی شما هم زیبا است؟ پنجره و درِ خانه ی شما تمیز است یا کثیف است؟

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling