O`yin qоidalari. 1. Bir qushning nоmi faqat
bir marta aytilishi mumkin. 2. O`yinchi faqat o`yinni
o`tkazayotgan rahbar yoki o`qituvchining savоliga
javоb bеradi. 3. O`quvchilarning zеrikkanini payqab
qоlgan rahbar, o`yinni to`хtatib, bоshqasini bоshlab
yubоrishi lоzim.
5. Pr-r-r (Qush uchishini eslatuvhci tovush)…
O’yin tavsifi. O’yin sport zalda yoki o’tloqda
o’tkazilishi mumkin. O’yinchilar gimnastika
o’tirg’ichlarida yoki o’tloqda aylana hosil qilib
o’tiradilar. Onaboshi aylana o’rtasida turadi. U
o’yinchilarning biriga biror qushning nomini aytsa,
masalan, chumchuq desa, o’yinchi xuddi chumchuq
uchganday ovoz chiqarib pr-p-p…-deydi. O’yin
quyidagicha davom ettiriladi: -Qarg’a. –Pr-r-r…
Qaldirg’och. –Pr-r-r… Laylak. –Pr-r-r… Onaboshi
to’satdan, Choynak,-deydi. Shunda o’yinchi “Pr-r-r…
deb javob berishi mumkin. Bunday holatda o’yinchiga
jarima ochkosi beriladi, chunki choynak uchmaydi.
Xatoga yo’l qo’ygan o’yinchi o’rtaga chiqib qo’shiq
aytadi yoki o’yinga tushib beradi. Shundan so’ng o’yin
qaytadan boshlanadi.
O’yin qoidalari. 1. Onaboshi o’yinchilardan
uchadigan qushning nomini so’raydi. 2. Onaboshi bir
marta nomi aytilgan qushning nomini ikkinchi marta
takrorlamasligi kerak.
6. Kim keldi.
O’yin tavsifi. O’ynovchilar yarim doira
bo’lib turadilar. Bir onaboshi tayinlanadi. Onaboshi
o’ynovchilarga orqa o’girib turadi. O’qituvchi signal
berishi bilan bir o’quvchi onaboshi oldiga keladi va
qo’lini uning yelkasiga tegizib, darrov o’z joyiga borib
turadi. Onaboshi “Bir, ikki, uch!” deb orqasiga
buriladi va yelkasiga kim qo’lini qo’yganligini, ya’ni
uning oldiga kim kelganligini aytib berishga harakat
qiladi. Agar onaboshi kimning qo’l qo’yganligi yoki
kelganligini topsa, topilgan o’yinchi onaboshi bo’ladi.
Aks holda onaboshi onaboshiligicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |