Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Quvnoq bolalar. O’yin tavsifi.
- O’yin qoidasi.
Dars konspekti № 4 Mavzu: Harakatli o’yinlarni jismoniy tarbiya darsining asosiy qismiga mos holda tanlash va o’tkazishni o’rgatish (Quvnoq bolalar, Qoch bolam kalxat keldi, Otib qochar, Oq tоsh, Оvchilаr vа o’rdаklаr, Qirq tоsh, Jambil). Dars qismi Mazmuni Me’yor Tashkiliy uslubiy ko’rsatma Tayyorlov qismi 15’ Saflanish, raport qabul qilish, yo’qlama qilish, dars vazifasi bilan tanishtirish. Saf mashqlari; o’ngga, chapga, orqaga burilishlar, joyida turib yurish. Maydon bo’ylab yurish mashqlari: oyoq uchida, tovonda, oyoqning tashqi yon tomoni bilan, ichki yon tomoni bilan, tovondan oyoq uchiga ko’tarilgan holatda va oddiy holatda yurishlar. Yugurish mashqlari: to’g’riga oldinga qarab, o’ng yon tomon bilan qadamlab, chap yon tomon bilan qadamlab, orqa bilan oldinga, oddiy yugurish, tizzalarni yuqoriga ko’tarib, tovonlarni ortda yuqoriga ko’tarib, oyoq uchlarini oldinga yuqoriga ko’tarib, ilon izi bo’ylab yugurish, tezlanib va oddiy holatdagi yugurishlar. Yurishga o’tish, nafas rostlovchi mashqlar. U.R.M.ga qayta saflanish. U.R.M. doirada. 15’ Sport kiyimiga ahamiyat berish. Darsda qo’yilgan vazifalarni ketma-ket to’g’ri bajarishga ahamiyat berish. Mashqlar doirada bajariladi. Mashqlarni bajarishda xato bajargan bolalarga ko’rsatmalar berib to’g’rilab borish. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni doirada turib bajaradilar. Asosiy qism 55’-60’ 1. Quvnoq bolalar. O’yin tavsifi. Maydonchaning yon tomonlaridan 3-4 qadam narida shu tomonlar chetiga parallel chiziqlar tortiladi. Onaboshidan boshqa hamma o’yinchilar shu chiziqning orqa tomonida saflanib turadilar. Onaboshi maydonchaning o’rtasida ikkita chiziq orasida turadi. Rahbar “Uch, to’rt!” degandan keyin o’yinchilar birgalikda shunday deydilar; Biz quvnoq bolalarmiz, O’yin-kulgini sevamiz. Qani o’rtoq, quvib ko’r, Bittamizga yetib ko’r. Oxirgi so’zlar aytib bo’linishi bilanoq o’yinchilar qarama-qarshi tomonga yugurib o’tadilar. Onaboshi yugurib o’tayotganlarga qo’l tegizib to’xtatishga harakat qiladi. Onaboshi qo’l tegizgan o’yinchilar o’sha joyda to’xtab qolishlari kerak. O’yin rahbari ularni belgilab oladi va ularga o’yinda yana qatnashishga ruxsat beradi. Qolgan o’yinchilar 8’-10’ RASM JOYI. Mil.Har.o’yin.6-bet. Bu o’yinda: chaqqonlik, epchillik hamda chap berib yugurib ketish malakasi hosil qilinadi. maydonchaning qarshi tomoniga yugurib o’tadilar. Onaboshi uch va undan ko’p to’xtatgan o’yinchilar yutqizgan hisoblanadilar. O’yin qoidasi. 1. O’yinchilar yugurib chiqish paytida bir-birlarini turtib yubormasliklari kerak. 2. Yugurib chiqqan o’yinchilar orqaga qochishlari mumkin emas. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling