Dars konspekti №1 Mavzu


Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/85
Sana12.11.2023
Hajmi0,62 Mb.
#1768943
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

 
 
Dars konspekti № 5 
Mavzu: 
Kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni o’rgatish 
(Sinf roslan, Boyo’g’li, Qo’g’irchoqlarnikiga mehmonga, Koptokni quvib yet, 
Kim sekin yuradi, Tayoqchadan hatlab o’t, Ehtiyot bo’l, Nishonga tushir, 
Tutuvchi, lentani ol, Qo’lga tushib qolma). 
Dars qismi 
Mazmuni 
Me’yor 
Tashkiliy uslubiy ko’rsatma 
Tayyorlov 
qismi 
15’ 
Saflanish, raport qabul qilish, yo’qlama qilish, dars 
vazifasi bilan tanishtirish. 
Saf mashqlari; o’ngga, chapga, orqaga burilishlar, 
joyida turib yurish. Maydon bo’ylab yurish mashqlari: 
oyoq uchida, tovonda, oyoqning tashqi yon tomoni 
bilan, ichki yon tomoni bilan, tovondan oyoq uchiga 
ko’tarilgan holatda va oddiy holatda yurishlar. 
Yugurish mashqlari: to’g’riga oldinga qarab, o’ng yon 
tomon bilan qadamlab, chap yon tomon bilan 
qadamlab, orqa bilan oldinga, oddiy yugurish, 
tizzalarni yuqoriga ko’tarib, tovonlarni ortda yuqoriga 
ko’tarib, oyoq uchlarini oldinga yuqoriga ko’tarib, ilon 
izi bo’ylab yugurish, tezlanib va oddiy holatdagi 
yugurishlar. Yurishga o’tish, nafas rostlovchi 
mashqlar. U.R.M.ga qayta saflanish. U.R.M. to’plar 
bilan. 
15’ 
Sport kiyimiga ahamiyat 
berish. Darsda qo’yilgan 
vazifalarni ketma-ket to’g’ri 
bajarishga ahamiyat berish. 
Mashqlar doirada bajariladi. 
Mashqlarni bajarishda xato 
bajargan bolalarga
ko’rsatmalar berib to’g’rilab 
borish.
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni sheringada turib 
bajaradilar. (yengil to’plardan 
foydalanish tavsiya etiladi) 
Asosiy 
qism 
55’-60’ 
1. Sinf roslan (smirno). 
O’yin tavsifi. O’yinchilar saflanib, tartib bilan bir, 
ikki deb sanaydilar. Birinchi raqamlillar-birinchi 
guruh, ikkinchi raqamlilar-ikkinchi guruh bo’ladilar. 
Rahbar ketma-ket har xil saf mashqlarini yoki turli 
harakatlarni bajarishga ko’rsatma beradi. O’qituvchi 
agar “Sinf” so’zini aytsa hamma o’yinchilar 
mashqlarni bajarishga kirishadilar, agar “Sinf” so’zini 
aytmasa, mashq bajarmaydilar. Masalan, o’qituvchi 
“Sinf” yuguring! Yoki “Sinf” qo’llarni yuqoriga 
ko’taring! Buyrug’ini bersa, shu mashq bajariladi. 
Keyingi buyruqda agar bolalarga qarata, “guruh 
yuguring!” desa, bu mashqni bajarmasligi kerak. Qaysi 
bola bajarsa xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi. Xato qilgan 
bolalar safning oxiriga borib turadi. O’yin oxirida kam 
xatoga yo’l qo’ygan guruh g’olib bo’ladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling