Dars konspekti №1 Mavzu


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

Dars konspekti № 6 
Mavzu: 
O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni o’rgatish 
(
Xo’rozlar jangi
,
Chiziqdan tortib o’tkazish, Aylana ichiga kiritish, Chiziq ustidan 
tort, Qarmoqcha, Arg’amchi bilan tutish, Sakrovchilar, Mehmonga borish, Kartoshka 
ekish)
.
Dars qismi 
Mazmuni 
Me’yor 
Tashkiliy uslubiy ko’rsatma 
Tayyorlov 
qismi 
15’ 
Saflanish, raport qabul qilish, yo’qlama qilish, dars 
vazifasi bilan tanishtirish. 
Saf mashqlari; o’ngga, chapga, orqaga burilishlar, 
joyida turib yurish. Maydon bo’ylab yurish mashqlari: 
oyoq uchida, tovonda, oyoqning tashqi yon tomoni 
bilan, ichki yon tomoni bilan, tovondan oyoq uchiga 
ko’tarilgan holatda va oddiy holatda yurishlar. 
Yugurish mashqlari: to’g’riga oldinga qarab, o’ng yon 
tomon bilan qadamlab, chap yon tomon bilan 
qadamlab, orqa bilan oldinga, oddiy yugurish
tizzalarni yuqoriga ko’tarib, tovonlarni ortda yuqoriga 
ko’tarib, oyoq uchlarini oldinga yuqoriga ko’tarib, ilon 
izi bo’ylab yugurish, tezlanib va oddiy holatdagi 
yugurishlar. Yurishga o’tish, nafas rostlovchi 
mashqlar. U.R.M.ga qayta saflanish. U.R.M. safda 
harakatda. 
15’ 
Sport kiyimiga ahamiyat 
berish. Darsda qo’yilgan 
vazifalarni ketma-ket to’g’ri 
bajarishga ahamiyat berish. 
Mashqlar doirada bajariladi. 
Mashqlarni bajarishda xato 
bajargan bolalarga
ko’rsatmalar berib to’g’rilab 
borish.
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni safda kolonnada 
harakatlanib bajaradilar. 
Asosiy 
qism 
55’-60’ 
1. Xo’rozlar jangi. 
O’yin tavsifi. Yerga kattaligi 2-3 metrli aylana 
chiziladi. Hamma o’yinchilar 2-ta guruhga bo’linadilar 
va doira yonida yuzma-yuz ikki qator bo’lib turadilar. 
Har bir guruhga bittadan Onaboshi tayinlanadi. 
Onaboshilar o’z guruhlaridan bittadan o’yinchi 
ajratadilar va ular aylana ichiga kirib, qo’llarini orqaga 
qilib, bir oyoqlab turadilar. O’yinchilar ishora berilishi 
bilan bir-birlarini yelka va gavdalari bilan turtib, itarib 
aylanadan chiqarishga harakat qiladilar. O’z raqibini 
tashqariga chiqara olgan o’yinchi g’olib bo’ladi va u 
o’z guruhiga bir ochko keltiradi. Shundan keyin 
doiraga Onaboshilar ko’rsatgan navbatdagi 
“Xo’rozlar” jufti tushadi. O’yin hamma bolalar 
“Xo’roz” rolini bajarib bo’lgunlaricha davom ettiriladi. 
Ko’p ochko to’plagan guruh yutgan hisoblanadi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling