Dars konspekti №1 Mavzu


 To’pni savat yoki yashikka tushirish


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/85
Sana12.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1768943
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
дарс каниспкт2 new

5. To’pni savat yoki yashikka tushirish. 
O’yin tavsifi. O’yinchilar bittadan 3-4 qatorga 
saflanadilar. Qatorlarning soniga qarab, ulardan 3-4 
metr nariga ustunchalarga shuncha savat (kattaligi 50 
sm) yoki yashik o’rnatiladi. Qatorlarda birinchi bo’lib 
turganlarning oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi va 
ularga bittadan to’p beriladi. Rahbarning ishorasidan 
song, qatorlar boshida turgan o’yinchilar to’plarini 
uloqtirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Keyin 
to’pni olib kelib navbatdagi o’yinchiga beradilar va 
o’z qatorlari oxiriga borib turadilar. Savatga ko’proq 
to’p tushirgan guruh g’olib hisoblanadi. 
O’yin qoidalari. 1. To’pni savatga tashlashda 
chiziqni bosmaslik kerak. Aks holda savatga tushgan 
to’p inobatga olinmaydi. 2. To’pni olgan o’yinchi uni 
qaytib olib, keying o’yinchiga o’zi berishi kerak. 
6. To’pni raketkada olib yurish. 
O’yin tavsifi. O’yinchilar ikki guruhga bo’linib, 
o’zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qatorlar 
oldidan start chizig’I o’tkaziladi. Bu chiziqdan 12-15 
metr nariga to’p qo’yiladi. Birinchi turgan 
o’yinchilarning qo’llarida raketka va bittadan stol 
tennisining to’pi bo’ladi. Rahbarning ishorasidan 
keyin, birinchi turgan o’yinchilar raketka bilan to’pni 
urib-urib marragacha boradilar. Shundan so’ng Orqaga 
qaytib, raketka va to’pni keying o’yinchiga beradilar. 
Ikkinchi o’yinchilar esa uchinchilariga va hokao. Bu 
mashqni xatosiz, tez va aniq bajargan guruh yutgan 
hisoblanadi. Agar o’yinchi raketka ustidan to’pni 
tushirib yuborsa, uni qayta olib, o’yinni to’pni tushirib 
yuborgan joydan davom ettiradi. 
O’yin qoidalari. 1. O’yinchilar guruhlarga 
bo’linganida ularning jismoniy tayyorgarligi o’zaro 
teng bo’lishi lozim. 2. O’yinchi raketka ustidan 
to’pchani tushirib yuborsa, bitta jarima ochkosi 
yoziladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling