Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’yin qoidalari.
6.
Epchil bolalar. O’yinning tаvsifi. Maydoncha kalta tomonlarining har biridan 3-4 qadam nariga shu tomonlarga parallel qilib bittadan chiziq tortiladi. Onaboshidan boshqa hamma o’yinchilar shu chiziqlardan birining orqa tomonida saflanib turadilar. Onaboshi maydonchaning o’rtasida – chiziqlar orasida turadi. Rahbar “Uch, to’rt!” degandan keyin o’quvchilar bir ovozdan shunday deydilar: Biz quvnoq bolalarmiz, O’yin-kulgini sevamiz. Qani o’rtoq, quvib ko’r, Bittamizga yetib ko’r. Oxirgi so’z aytib bo’linishi bilanoq o’quvchilar qarama-qarshi tomonga yugurib o’tadilar. Onaboshi yugurib o’tayotganlarni qo’l tegizib to’xtatishga harakat qiladi. Onaboshi qo’l tegizgan o’yinchilar o’sha joyda to’xtab qoladilar. O’yin rahbari bu o’yinchilarni belgilab oladi va ularga yana o’yinda qatnashishga ruxsat beradi. Qolgan o’ynovchilar maydonchaning ensiz tomonidagi chiziq orasida to’planadilar va u yerdan yana maydonchaning qarshi tomoniga yugurib o’tadilar. O’yin shu tartibda davom ettirilaveradi. Onaboshi uch va undan ko’p marta to’xtatgan o’yinchilar yutqazgan hisoblanadi. O’yin qoidalari. 1. Yugurib o’tish paytida bir-birini tutish mumkin emas. 2. Yugurib chiqqan o’yinchilarning orqaga qochishlari mumkin emas. 7. Karnaymi,sunray? o’yini. O’yin tavsifi. O‘yin maydonchada yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar qo‘l ushlashib bir qatorga saflanib turadilar. O‘yinchilardan bitta sotuvchi va bitta xaridor saylanadi. Onaboshi safning boshida turadi. Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Mana shu oting uchun nima istaysan: karnaymi, surnay?» — deb so‘raydi. Sotuvchi: «Bu otim uchun kar-nay», deydi. Shu so‘zlar aytib bo‘linganidan keyin o‘yinchilar doira bo‘ylab yura boshlaydilar. Safning boshi va oxirida turgan o‘yinchilar qo‘llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan o‘yinchilar ularning qo‘li tagidan o‘ta boshlaydilar. Yurib turib karnay, surnay yoki do‘mbira ovoziga, ya’ni qaysi cholg‘u asbobining nomi aytilgan bo‘lsa, shu asbobning ovoziga taqlid qiladilar. Tanlangan o‘yinchi boshqa tomonga qarab turadi, uni xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan joyga) olib ketadi, qaytib kelgandan so‘ng o‘yin yana davom ettiriladi. Uyga olib borib qo‘yilgan o‘yinchilar ma’lum topshiriqni bajarishlari, masalan, tez aytishni o‘rganib turishlari, topishmoq va o‘yinchilar oldiga qaytish uchun harakat qilishlari kerak. Lekin qaytishda ular bir qator to‘siqlarni yengishlari lozim, masalan, shartli qilib belgilab qo‘yilgan ariqdan, ko‘prikdan o‘tishlari, to‘pni nishonga irg‘itishlari lozim. To‘siqlardan o‘ta 8’ 8’ Bolalar aytiladigan bandni 2- 3 marta qaytarish va yod olish kerak. Shundan keyingina o’yinga kirishish lozim. O’quvchilarni band so’zlarini uncha shoshilmasdan, bir tekisda aytishga o’rgatish kerak. O’yinning o’ziga xos harakatlari. Chap berib yugurib qochish. Bu o’yinda bolalarda diqqat,e’tibor, nutqni o’stirish sifatlari rivojlantiriladi. olmagan o‘yinchi «uy»da qoladi. Hamma o‘yinchilar qaytib kelganlaridan so‘ng katta bayram bo‘ladi. Bolalar qo‘shiq aytadilar, raqsga tushadilar. Birdaniga ikkita cholg‘u asbobining nomini aytish mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling