Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0,62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Tutuvchi, lentani ol!
- 10. Qo’lga tushib qolma!
8. Nishonga tushir!
O‘yindan maqsad bolalarga koptokni yumalatishni va darvozaga tushirishni o‘rgatish, chaqqonlikni mashq qildirishdir. Bolalar o‘rindiqda o‘tirishadi, ulardan nariroqda chiziq tortilgan bo‘ladi, chiziqdan ikki-uch qadam uzoqlikda darvoza turadi. Bola o‘rnidan turib chiziqqa yaqinlashib keladi, engashib yerda yotgan to‘plardan birini qo‘liga oladi va darvozaga tushirishni mo‘ljallab yumalatadi. Uch-to‘rtta to‘pni darvozaga tushirgach, to‘plarni terib keladi. Keyin topshiriqni navbatdagi bola bajaradi. To‘pni bir qo‘l bilan ham, ikki qo‘l bilan ham yumalatish mumkin. Bolalar uni darvozaga tushirishni o‘rganib olganlaridan keyin, ularga keglini urib yiqitish singari murakkabroq topshiriqlar berish mumkin. 9. Tutuvchi, lentani ol! O‘ynovchilar doira yasab turadilar. Har biri orqasiga, belbog‘iga yoki yoqasiga rangli matodan qilingan lentani qistirib oladi. Tarbiyachining «Yuguring!» degan ishorasi bilan yugurib ketadilar. Tutuvchi ularni quvlab, lentalarini olishga harakat qiladi. Lentadan mahrum bo‘lgan bola chetda turadi. Tarbiyachining «Bir, ikki, uch, hammangiz doira bo‘lib yig‘iling!» degan ishorasi bilan bolalar doira bo‘lib turadilar. Tutuvchi tutgan lentalarini sanaydi va uni bolalarga qaytarib beradi. O‘yin qaytadan boshlanadi. 10. Qo’lga tushib qolma! Maydonchada doira chiziladi. Bolalar yarim qadam masofada doira atrofida turadilar. Tarbiyachi o‘yinni olib boruvchini belgilaydi va u doira ichida xohlagan joyda turadi. Bolalar chiziq ustidan doira ichiga sakraydilar. O‘yinni olib boruvchi yugurib, ularga tegmoqchi bo‘lib harakat qiladi, u yaqinlashishi bilan bolalar doira chetiga chiqib oladilar. Qaysi bolaga qo‘li tekkan bo‘lsa, u yutqazgan hisoblanadi, lekin o‘yinda qatnashaveradi. 30–40 soniyadan keyin tarbiyachi o‘yinni to‘xtatib, yutqazganlarni hisoblaydi. Keyin g‘oliblar orasidan yangi o‘yinni olib boruvchi tayinlanadi. 5’-7’ 5’-7’ 5’-7’ Bu o’yinda bolalarga to’pni yumalatishni, mo’ljalga olishni, chaqqonlik sifatini tarbiyalaydi. 116-bet. Bu o’yinda chaqqonlik, epchillik, tezkorlik sifatlari tarbiyalanadi. 116-bet. Bu o’yinda sakrovchanlik, chaqqonlik sifatlari tarbiyalanadi. 117-bet. Yakuniy qism 5’-10’ Saflanish, maydon bo’ylab yurish, nafasni rоstlоvchi mashqlar, qayta saflanish, dars muhokamasi, savоl- javоb, faol qatnashgan o’quvchilarni bahоlash, uyga vazifa berish. 5’-10’ Bir qatоrga saflanish, darsda o’yinlarda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni aytib o’tish, darsga yakun yasash, хayrlashish, bir qatоr bo`lib zaldan, maydondan chiqib kеtish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling