Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’yinning tаvsifi.
- O’yinning qоidаsi.
1. Ikki o’rindiq va arqon.
O’yingа tаyyorlаnish. 3 metr masofada bir- biridan uzoqlikda yerga, polga ikkita o’rindiq qo’yiladi. O’rindiqlar tagiga arqon yoki sakragich uzunasiga qo’yiladi, arqonning uchi biroz o’rindiq tagidan chiqib turadi. O’yinning tаvsifi. O’yinda 2-ta guruh ishtirok etadi. Har bir guruhdan bittadan o’yinchi o’rindiqqa orqa o’girgan holatda o’tiradilar. O’yin rahbari ishorasidan keyin ikkala o’yinchi ham, o’rindiqdan turib chap tomonga tez yuguradilar. O’rindiqlarni aylanib kelib o’z joylariga o’tiradilar va arqonning uchidan ushlab o’z tomoniga tortib oladi. Kim oldin arqonni tortib olsa g’olib bo’ladi. Shundan so’ng, keyingi juftliklar taklif qilinadi. O’yin shu tarzda davom ettiriladi. Arqonni o’z tomoniga ko’p tortib olgan guruh o’yinchilari g’olib bo’ladi. O’yinning qоidаsi. 1. Ishora berilmaguncha o’yinchilar harakatni boshlamaydilar. 2. Ikkala o’yinchi ham bir vaqtda arqonni tortsa, vazifani boshqatdan bajaradi. 2. Xalqani nishonga tushirish. O’yinga tayyorlanish. 3 ta kichik xalqa, 0.5 m li tirkagich, bitta o’rindiq. O’rindiq oyoqlari yuqoriga qilib qo’yiladi. Tirkagichdan yoki o’rindiqdan 2-3 m 8’-10’ Mеtоdik ko’rsаtmаlаr. Bu o’yinda bolarda tezkorlik, chaqqonlik sifatlari tarbiyalanadi. II-variant: g’olib o’yinchi o’rindiqda qolib, keyingi o’yinchi bilan musobaqalashadi. Ketma-ket 3-marotaba g’olib bo’lgan o’yinchi navbatdagi o’yinchiga joyini beradi. Mеtоdik ko’rsаtmаlаr. Bu o’yinda bolalarda aniqlik, nishonga olish qobiliyati rivojlanadi. masofada xalqani tashlash uchun chiziq chiziladi. O’yinning tаvsifi. O’yinchilar chiziq oldida navbati bilan saflanib turadilar. Rahbar ishorasidan so’ng birinchi o’yinchi 3 ta xalqani olib, navbati bilan tirkagichga yoki o’rindiq oyoqlariga uloqtirib tushirishga harakat qiladi. Shu usulda hamma o’yinchilar vazifani bajaradilar. Xalqalarni hammasini tirkagichga yoki o’rindiq oyoqlariga uloqtirib tushirgan o’yinchilar aniqlab boriladi. G’olib bo’lgan o’yinchilar ranbar tomonidan rag’batlantiriladilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling