Dars konspektini tuzish


Download 43.79 Kb.
bet9/11
Sana24.10.2023
Hajmi43.79 Kb.
#1718381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-AMALIY ISH. KO\'M.

DARS TAHLILI NAMUNASI
4-ilova



1. Darc haqida umumiy maʻlumot




1.1.

Maktab

Guliston sh. 16-sonli umumiy oʻrta taʻlim maktabi




1.2.

Sinf va oʻquvchilar miqdori

8 “A” sinf, oʻquvchilar soni - 28 ta, qatnashdi - 28 ta




1.3.

Oʻqituvchi

Nishonov Baxtiyor, birinchi toifali, ish staji 25 yil




1.4.

Fan

Adabiyot




1.5.

Sana

17.04.2017




1.6.

Mavzu

A.Oripovning "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni" sheʻri




2. Darsning tarkibiy qismlari va asosiy koʻrsatkichlari

2.1.

Darsning tashkil etilishi

Salomlashildi, oʻquvchilarning diqqati darsga qaratildi. Davomat aniqlandi. Sinfning darsga tayyorligi izohlandi. Hamma oʻquvchilar kitob va daftarlarini taxt holatga keltirdilar.

3-daqiqa

2.2.

Darsning borishi

Oʻtgan darsda uyga berilgan vazifaning bajarilishi aniqlandi. Barcha oʻquvchilar uyga vazifani bajarib kelgani maʻlum boʻldi. Oʻtgan darsda A.Oripovning "Oʻzbekiston" sheʻri oʻqitilgan ekanligini oʻquvchilar aytdilar. Sheʻrni yoddan oʻqish, mazmunini izohlash soʻraldi. Sinfdagi koʻpchilik oʻquvchilar qoʻl koʻtardilar. Oʻqituvchi Abduraxmonov Alisherni oʻrnidan turgʻizdi. Alisher doska yoniga kelib sheʻrni yoddan oʻqiy boshladi. Uchta bandni oʻqigandan keyin oʻqituvchi uni toʻxtatdi. Sheʻr mazmunini izohlashni soʻradi. Alisher ona Vatanimiz - Oʻzbekistonni shoir A.Oripov madh etganini, dunyoda tengi yoʻk diyor ekanligini tushuntirdi. Hamid Olimjon, Gʻofur Gʻulomlar Oʻzbekistondan fahrlanib sheʻrlar yozganini aytdi. Dunyoni larzaga solgan bobokalonimiz Amir Temurdan faxrlanish sheʻrning uchinchi bandida aks etgani aytildi. Sheʻrning davomini Salima, Vohid, Nargizalar yoddan ifodali oʻqidilar. Oʻqituvchi izohlarni toʻldirib, aniqlik kiritib toʻrdi. Oʻquvchilar bilimini darsning oxirida baholashni aytib, yangi mavzuni bayon etdi.

12 -daqiqa



2.3.

Yangi mavzuning bayoni

Shoir A.Oripovning "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni" sheʻri. Sinf doskasi atrofiga Oʻzbekistonning oʻtmishi va bugungi kunini aks ettiruvchi suratlar osildi, kompьyuter orqali ekranda lavhalar koʻrsatishga tayyorlandi. Ikki oʻquvchi yordamlashdi. Oʻqituvchi sheʻrni ifodali oʻqib berdi. Men nuchun sevaman Oʻzbekistonni, Tuprogʻin koʻzimga aylab tutiyo, Nechun Vatan deya yeru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Yengil, yokimli musiqa sadosi ostida ekranda Oʻzbekiston manzaralari koʻrsatib borildi. Ekranda nuroniy otaxonlar, onaxonlar, yetuk insonlar, shodu-xurram siymolar, barkamol yoshlar tasviri, bolalarning shoʻx-shodon oʻyin kulgilari koʻrindi. Sheʻr oʻqib boʻlingach oʻqituvchi oʻquvchilarga savol bilan muroajaat qildi, kani aytinglarchi, shoir nima uchun Oʻzbekistonni jonidan ortiq sevar ekan? Oʻquvchilar javobi: Oʻzbekiston dunyodagi eng goʻzal ulka, eng boy davlat, eng serquyosh diyor, bogʻlari jannatdek serjilo, tuprogʻi oltindek bebaho va h.k.

20 daqiqa

2.4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Oʻqituvchi yangi mavzuni mustaxkamlash maqsadida oʻquvchilarga savol berdi: aytinglarchi, ushbu sheʻrda shoir qanday gʻoya, his-tuygʻuni ifodalagan? Javobini darsning boshida bilimi tekshirilgan oʻquvchilardan soʻradi. Oʻquvchilar oʻz tushunchalarini bayon etdilar. Uchta oʻquvchiga "aʻlo" va ikkita oʻquvchiga "yaxshi" baho qoʻyildi. Qoʻyilgan baholarga izoh berildi. Yana 3 ta oʻquvchi ragʻbatlantirildi.

5-dakika

2.5.

Uyga vazifa

Oʻqituvchi uyga vazifa qilib shoir A.Oripovnish "Men nechun sevaman Oʻzbekistonniʻ" sheʻrini yod olish va mazmunini izohlashni topshirdi. Shoirning Vatan haqidagi boshqa sheʻrlarini ham oʻqishni tavsiya etdi. Oʻzbekiston madhiyasini yod bilish eslatildi.

2-daqika

2.6.

Darsning yakuni

Oʻqituvchi darsga barcha oʻquvchilarning yaxshi qatnashganini taʻkidladi. Ayniksa, Nargiza Nodirbek, Sarvarbek, Sevaraxon, Vohidjon, Alisherlariing juda faol boʻlganligini ibrat qilib koʻrsatdi. Bir necha oʻquvchining bugungi darsda oʻzini koʻrsata olmagani aytib oʻtildi va keyingi darsda aʻlochilar sifatida boʻlishiga umid bildirdi. Oʻqituvchi darsni tugatdi, xayrlashildi.

3-dakika




Download 43.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling