Dars konspektini tuzish


DARSNI KUZATISH VA TAHLIL ETISH TARTIBI


Download 43.79 Kb.
bet8/11
Sana24.10.2023
Hajmi43.79 Kb.
#1718381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-AMALIY ISH. KO\'M.

DARSNI KUZATISH VA TAHLIL ETISH TARTIBI
3-ilova



1. Dars haqida umumiy maʻlumot




1.1.

Maktab







1.2.

Sinf va oʻquvchilar miqdori







1.3.

Oʻqituvchi







1.4.

Fan







1.5.

Sana







1.6.

Mavzu










2. Darsning tarkibiy qismlari va asosiy koʻrsatkichlari

2.1.

Darsning tashkil etilishi




3-daqiqa

2.2.

Darsning borishi




12-daqiqa

2.3.

Yangi mavzuning bayoni


20-daqiqa

2.4.

Yangi mavzuni mustahkamlash




5-daqiqa

2.5.

Uyga vazifa berish




2-daqiqa

2.6.

Darsning yakuni




3-daqiqa







jami

45-daqiqa




3. Dars toʻgʻrisida kuzatuvchining taassurot va xulosalari

3.1.

Oʻqituvchi mahorati va erishgan yutuqlari




3.2.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar




3.3.

Taklif va mulohazalar




Dars kuzatuvchi va tahlil etuvchi:

Darsni kuzatish va tahlil etishda har bir darsning umumiy va oʻziga xos tomonlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun darsni kuzatishga kiruvchi talaba oʻqituvchi bilan qisqa suhbat oʻtkazib, quyidagi holatlarni aniqlashi, toʻgʻrirogʻi yozib olishi zarur boʻladi. Dars oʻtiladigan sinf oʻquvchilari, fanning nomi, darsning mavzusi, maqsadlari (taʻlimiy, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, jumladan, identiv oʻquv maqsadlari), foydalaniladigan metodlar, vositalar va asosiy dars turi. Ushbu maʻlumotlar jadvalga tuldirib boriladi. (3-ilovaga qarang)


Pedagogik manbalarda darsni kuzatish va tahlil etishning maqsad va vazifalari, qonun-qoidalari, shakllari batafsil ishlab chiqilgan. Dars tahlilining oʻzi bir necha turlarga boʻlinadi. Uning asosiylari sifatida ilmiy-nazariy tahlil, metodologik tahlil, didaktik tahlil, metodik tahlil, psixologik tahlil, umumiy pedagogik tahlillarni qayd etish mumkin. Bularning orasida ilgʻor pedagogik tajribani oʻrganish, kasb mahorati sirlarini aniqlash, oʻkituvchining ish faoliyatini baholashda umumiy pedagogik tahlildan koʻprok foydalaniladi. Talabalar pedagogik amaliyot davrida oʻqituvchi va metodistlarning darslarini kuzatib tahlil qilishlari, tajriba toʻplashlari hamda dars oʻtish sirlarini egallashlarida umumiy pedagogik tahlil yaxshi natija beradi. Dars tahlilining bu turini amalga oshirish uchun (aralash dars turi boʻyicha) kuyidagilarga eʻtiborni qaratish maqsadga muvofiq.
Yuqorida qayd etilganidek, oʻqituvchidan darsga kirishdan oldin kerakli maʻlumotlar yozib olinadi. Oʻqituvchining ismi-sharifi, maktabning raqami, sinf va oʻquvchilar miqdori, faning nomi, mavzu, dars oʻtilish soati va sana (3- ilovada keltirilgan).
Darsning tashkiliy qismi: oʻz vaqtida darsga kirish, salomlashish, davomatni aniqlash, oʻquvchilarning diqqatini toʻla darsga jalb etish, darsni boshlash (sarflangan vaqt koʻrsatiladi). Sinf xonasining holati ham qayd etiladi.
Uyga berilgan vazifaning bajarilishini nazorat qilish. Agar oʻquvchilarning bilimlari tekshirilib baholansa, qoʻyilgan baholarning haqqoniyligi izohlanishi, oʻquvchilarning bahoga munosabati koʻrsatiladi. Oʻtilgan mavzuni yanada yaxshiroq oʻzlashtirish uchun oʻqituvchi tomonidan berilgan maslahatlar hisobga olinadi.
Oʻqituvchi tomonidan yangi mavzuning bayon etilishi. Oʻtilgan mavzu bilan yangi mavzuni bogʻlash, oʻquvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, tayanch tushuncha va iboralarni izohlash, mazmunning ilmiy asoslanganligi, mantiqiy tugallik, isbot va dalillarning haqqoniyligi, keltirilgan misollarning mazmunga mosligi, hayotiyligi, tarbiyaviy taʻsirchanligi, fan boʻyicha oʻquv dasturi va darsliklarga mosligiga eьtibor qaratiladi.
Oʻqituvchining taʻlim metodlari va vositalaridan foydalanishi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal qilish, interfaol metodlardan foydalanish, oʻquvchilar faolligini taʻminlash, koʻrgazmali qurollar va axborot texnologiyalarini qoʻllashning samaradorligi, yangi mavzu mazmunini oʻquvchilar tomonidan tushunganlik darajasi, mustahkamlash va savol-javoblarning foydaliligi. Yangi mavzuning bayoni va mustahkamlashga ketgan vaqt koʻrsatiladi.
Uyga vazifa berish. Uyga berilgan vazifaning aniqligi, bajarish tartibi va yoʻllarining izohlanishi, oʻquvchilar tomonidan uyga vazifaning kundalik daftarida qayd etilishi, unga sarflangan vaqt.
Darsni yakunlash. Dars davomida faol boʻlgan oʻquvchilarning ragʻbatlantirilishi, sust oʻquvchilarni faollikka daʻvat etish, keyingi darsga qiziqish uygʻotish, xayrlashish, oʻz vaqtida sinfdan chiqish, qoʻngʻiroqdan kech qolinsa sababini koʻrsatish.
Oʻqituvchining pedagogik mahorat xususiyatlarini izohlash. Oʻqituvchi tashqi qiyofasining taʻlim jarayoniga mosligi, mimik va pantomimik harakatlarning uygʻunligi, his-xayajon va asabni boshqarish, oʻqituvchining gapirish texnikasi, nutq mahorati va kamchiliklari, pedagogik muloqotga kirishish xususiyatlari, sezgirligi, kuzatuvchanligi, taʻsirchanligi.
Oʻquvchilarning dars jarayonidagi intizomi. Ongli intizomga rioya qilinishi, diqqatlarining darsga yoʻnaltirilganligi, ayrim oʻquvchilar va sinf jamoasiga eʻtiborlilik. Darsda majburiy (temir) intizomga amal qilinishi (oʻqituvchidan qoʻrqqani uchun emas).
Oʻqituvchining bunyodkorlik va ijodkorlik tajribalari. Oʻqituvchi darsda qanday yangi metod, shakl va vositalardan foydalangani, bu yangiliklarni oʻzi ijod qilganmi yoki ilgʻor oʻqituvchilar tajribasidan olganmi, shu kabi holatlarga izoh beriladi. Bunyodkorlik va ijodkorlik faoliyati samaradorligiga munosabat bildiradi.
Dars jarayonida yoʻl qoʻyilgan va zudlik bilan bartaraf etilishi zarur boʻlgan xato-kamchiliklar. Mavzuning mazmuni boʻyicha yoʻl qoʻyilgan ilmiy-nazariy kamchiliklar, nutqdagi nuqsonlar, yozishdagi xatolar, oʻquvchilar bilan munosabatga kirishishidagi kamchiliklar, oʻquvchilar bilimini baholashdagi noaniqliklar va h.k.
Darsni kuzatish va tahlil etishdan chiqarilgan xulosa, taklif va mulohazalar asosli ravishda bayon etiladi. Kuzatuvchining pedagogik, metodik fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi oʻz oʻzidan uning qanday xulosa chiqarishi, takliflar berishi, mulohaza yuritishida namoyon boʻladi.
Dars tahlilining yakunida kuzatuvchining familiyasi, ismi, sharifi imzosi va sana keltiriladi.
Quyidagi 8-sinfda «Adabiyot» fanidan oʻtkazilgan dars tahlili namuna sifatida tavsiya etiladi. (4-ilovaga qarang).

Download 43.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling