3. Dars toʻgʻrisida kuzatuvchining taassurot va xulosalari
|
45 daqiqa
|
1.
|
Oʻqituvchi maho-rati va erishgan yutuqlari
|
Dars pedagogik jihatdan toʻgʻri tashkil etildi. Noanʻnaviy dars elementlaridan qoʻllanildi. Ayrim interfaol metodlardan foydalanildi. Pedagogik texnologiyaning baʻzi qoidalariga amal qilindi. Darsda koʻrgazmali qurollar, texnik vositalardan samarali foydalanildi. Oʻqituvchining bilimi chuqur, tafakkuri keng, dunyokarashi boy, fikri aniq va toza, ifoda vositalari mukammal. Oʻqituvchi pedagogik mahoratni yaxshi egallagan, har bir harakatida boy pedagogik tajriba egasi ekanligi sezilib turadi. Darsda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy izlanishlariga imkon yaratildi. Oʻquvchilarning ayrim kamchiliklari ustalik bilan tuzatib boriladi. Oʻqituvchi pedagogika va psixologiya fanlarini yaxshi bilishi, ularga amal qilishi, har bir oʻquvchiga oʻziga xos munosabatda boʻlishga erishdi. Oʻquvchilarga taʻlim va tarbiya uzviy bogʻliklikda berildi. Darsga, fanga, xatto oʻqituvchilik kasbiga qiziqish uygʻota oldi dsb hisoblash mumkin.
|
3.2.
|
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar
|
Shoir A.Oripovning vatanparvarlik va insonparvarlik haqidagi boshqa sheʻrlariga qisqa izoh berilsa maʻqul boʻlar edi. Erkin Vohidovning "Oʻzbegim" sheʻri bilan qiysiy tahlil qilinganda dars yanada qiziqarli boʻlishi mumkin edi. Oʻqituvchi nutqida ayrim sheva (dialekt) elementlari uchraydi.
|
3.3.
|
Taklif va mulo-hazalar
|
Sinf oʻquvchilari kichik guruhlarga boʻlinsa, dars munozara, muhokama, fikr almashish, hamkorlikda taʻlim, yuzma-yuz muloqot shaklida tashkil etilganda yanada maʻqul boʻlar edi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan bundanda samarali foydalanish imkoni bor. Mustaqil taʻlim, ijodiy izlanish, dars mazmunini xayot bilan bogʻlanishini kuchaytirsa boʻladi. Nutqning tarbiyaviyligi, aniq va ravonligi, ilmiy va mantiqiyligiga har doim eʻtibor berish zarur.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |