Dars loyihasi


Korxonalarning raqobat strategiyasi


Download 188 Kb.
bet3/6
Sana26.01.2023
Hajmi188 Kb.
#1124855
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars loyihasi swot tahlil

Korxonalarning raqobat strategiyasi
Talabalar guruhlarda savol-javob orqali bilimlarini nazorat qilishlariga 1ball, tuzgan Swot tahlil” lariga 2 ball va uyga beriladigan misol va topshiriq uchun 2 ball : jami 5 ball oladilar.
1-ilova
1-guruh :
Raqobat nima va uning iqtisodiy mohiyati
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling