8-sinflar uchun kimyo fanidan dars ishlanma
Mavzu: Galogenlar oilasi. Xlor
Dars maqsadi:
Ta‘limiy maqsad:
O‘quvchilarga galogenlarning kimyoviy elementlar davriy jadvalida joylashgan o‘rni va atom tuzilishi haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berish. Galogen birikmalari, masalan (osh tuzi) turmushda, (yo‘dning spitli eritmasi) tibbiyotda, zargarlikda Zar suvi sifatida ishlatishlari haqida ma‘lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad:
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:
Galogenlarning davriy jadvaldagi o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalarini ifodalab berish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlash o‘z fikrini erkin bayon qila olish qobiliyatini shakllantirish , laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarini mustaqil bajarish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
4. Hayotiy ko‘nikmalar hosil qilish:
Hayotimizda osh tuzidan va yoddan qanday foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Dars turi: Noan ‘anaviy, yangi pedagogik texnologiyalar asosida.
Dars uslubi: Aqliy hujum, bahs munozara, laboratoriya mashg`uloti, “FSMU , Aql charxi metodi.
Dars jihozlari: Davriy jadval, proeksion ko‘rgazmali metodik qo`llanma, kodoskop, ekran, ko‘rsatish uchun tayoqcha, galogenlarning namunalari, darslik, 25-jadval, 5-labaratoriya ishi.
Asbob va reaktivlar: probirkalar, quruq yoqilg‘i (urotropin), xlorli suv, kaliy bromid tuzi eritmasi, kaliy yodid tuzi eritmasi, tagi yumaloq kolba, kimyoviy katta stakan, yod kristallari, kumush nitrat tuzi eritmasi, natriy xlorid tuzi eritmasi.
Fanlararo bog`lanish:
Tibbiyot;
Biologiya;
Matematika;
Tarix.
Do'stlaringiz bilan baham: |