Farg’ona shahar 3-ayrim sinflari fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi INFORMATIKA FANI O’QITUVCHISI MARAZIQOVA M.NING 5-sinflarda “Fayl va katalog” mavzusida yozilgan bir soatlik dars ishlanmasi Dars mavzusi: Fayl va katalog - Darsning maqsadi:
- a) ta’limiy-o’quvhcilarga fayl va katalog so’zlari, ularni yaratish hamda kompyuterda amallar bajarish haqida tushuncha berish;
- b) tarbiyaviy-o’quvchilarda fayllarni va kataloglarni yaratish to’g’risidagi bilimlarini, tez fikrlay olish qobiliyatlarini shakkllantirish hamda o’quvchilarni guruhlarda fikrlashib ishlashga o’rgatish;
- v) rivojlanrituvchi-o’quvchilarning fayl va kataloglar yaratishga oid bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish;
Dars tipi: Yangi bilim berish. - Dars tipi: Yangi bilim berish.
- Dars turi: nazariy, amaliy, guruhlarda ishlash, fikriy hujum.
- Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, ekran, mavzuga oid slaydlar, ko’rgazmalar.
- Darsning borishi:
- I.Tashkiliy qism.
- a) salomlashish; b) davomat; v) ma’naviy daqiqa.
- 1-guruh “Kompyuter”
- 2-guruh “Noutbuk”
II.O’tilgan darsni mustahkamlish: Guruhlarga tezkor savollar berish va uni umumlashtirish - 1.Kompyuter ishlashi uchun qanday ta’minot zarur?
- 2.Kompyuterning dasturiy ta’minotiga qanday dasturlar kirishi mumkin?
- 3.Dastur deb nimaga aytiladi?
- 4.Dasturchi kasbi haqida nimalarni bilasiz?
- 5.Nima uchun operatsion sistemalar boshqarish dasturlari deyiladi?
- 6.Windows operatsion sistemasi haqida ma’lumot bering?
- 7.Windows ish stoli haqida gapirib bering?
III. Yangi mavzu bayoni - Fayl-inglizcha so’z bo’lib, “hijjatlar jildi”, “ma’lumotlar” ma’nosini anglatadi.
- Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, musiqa, dastur, tasvir, film va boshqalar bo’lishi mumkin.
- Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo’yilgan har qanday ma’lunot.
- Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklarda, flesh-xotira kabi vositalarda fayl ko’rinishida saqlanadi.
Kompyuterda fayllar ustida turli amallar bajarish mumkin | | | | - Fayllarga o’zgartirish kiritish
| | Fayllarni hosil qilish - Agar kompyuteringiz Windows Osda ishlasa, u holda ekranning pastki chap burchagida «Пуск» yoki «Старт» (ishni boshlash) tugmalari orqali kompyuterga o’rnatilgan dasturlar ro’yhatini ko’rishingiz mumkin. Ushbu tugma orqali yuqorida sanab o’tilgan matnli, ovozli, tasvirli, video va boshqa turdagi fayllarni yaratish uchun maxsus kompyuter dasturini ishga tushirishingiz mumkin va kerakli faylni yaratish imkoniga ega bo’lasiz.
Papka hosil qilish - Papka yoki katalog – bu fayllar va fayl nomlari sqlanadigan diskning alohida ajratilgan sohasi. Windows operatsion sistemasida papka tasviri bilan ko’rsatiladi.
- Fayllarni yanada tez topish va qulay usulda saqlash maqsadida hujjatlarni, musiqa, rasm, fotosuratlar va albatta, o’yin dasturlarini alohida papkalarda saqlash tavsiya etiladi.
IV.Mustahkamlash. Fikriy hujum metodiga asoslanib guruhlarga tezkor savollar berish. - 1.Kompyuter xotirasida qanday ma’lumotlar bo’lishi mumkin?
- 2.Ma’lumotlar kompyuterda qanday ko’rinishda saqlanadi?
- 3.Qanday ma’lumotlarga fayl deya olamiz?
- 4.Fayl va papka ochishning necha usulini bilasiz?
- 5.Fayllarni qanday turlarini bilasiz?
- 6.Papka qaysi hollarda yaratiladi?
- 7.Papkani hosil qilish qanday amalga oshiriladi?
- 8.Ish stolida papka yarating va unga nom bering?
- 9.Fayllar bilan bajarish mumkin bo‘lgan qanday amallarni bilasiz?
- V. Faol qatnashgan guruh va guruh a’zolari rag’batlantirilib baholanadilar.
- VI. Uyga vazifa berish: 4-darsni o’qib savollar tuzish va amallar bejarish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |