Dars mavzusi: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish. Ta’limiy maqsad


Download 435.36 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi435.36 Kb.
#1403717
Bog'liq
Dars mavzusi Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish Ta’limiy ma


Dars mavzusi: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish .
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kichik o va bosh O harfini yozishga o’rgatish .
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mehnatsevarlik tuyg’usini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish , asosiy chiziqlardan chiqib ketmasdan , unsurlarni to’g’ri yoza olishga oid bilimlarini shakllantirish .
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
o‘quv qurollarini saramjon saqlash;
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko’rsatish .
Dars jihozi: Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I .Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorlash .
O’quvchilarga to’g’ri o’tirish , yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish qoidalarini eslatdi
II .O’tilgan mavzuni mustah kamlash .
O'quvchilarga doskada kichik va uzun ilmoqchalar chizdirish.
O'quvchilarga o’quv qurollarining nomini bo’g’inga bo’lib o’rgatish .
Ruch – ka , daf –tar , ki- tob , qa – lam , o’-chir – g’ich .
Bu so’zlarda nechta tovush borligi va necha bo’g’indan iborat ekanligi aniqlanadi .
III . Yangi mavzu bayoni .
O’quvchilarga O tovushi va O o harflariga oid bilimlarini qaytarish . O harfini talaffuz qildirib , uning unli tovush ekanligi haqida tushunchalar beriladi . Kichik o va bosh O harfining yozilishi ko’rsatiladi . Ko’rsatilgandan so’ng havoda yozish mashqi ko’rsatiladi . Shu o’rinda to’g’ri o’tirish qoidasi, ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruchka bilan barmoq oralig’ini eslatib o’tish .
Darslikdan bo’g’inlarga bo’lib ko’rsatilgan rasm nomlarini ayting .
Bu so’zlar necha bo’g’in ekanligi tushuntiriladi .


Ol-ma


1 ta bo’gin



Ol-cha
1 ta bo’gin


Ol-ma-xon
2 ta bo’gin

Dam olish daqiqasi .


Qo’l muskullariga dam beruvchi mashqlar bajariladi .
( Ikki qo’l oldinga cho’zilgan holatda barmoqlar orasini ochish va yopish .)
VI . Yangi mavzuni mustahkamlash . Yozuv daftari bilan ishlash . Daftardagi namunaga qarab yozish avom ettiriladi . Har bir yozilgan elementlar tahlil qilinadi .
V. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Yozishni o’rganib kelish .



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti 210-guruh 2-kurs talabasi Jo‘rayeva Sitora Sobirjon qizining Ona tili o‘qitish metodikasi
fanidan tayyorlagan
1-sinflar uchun bir soatlik ochiq

Dars ishlanmasi

Mavzu: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish .



Download 435.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling