Dars mavzusi: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish. Ta’limiy maqsad
Download 435.36 Kb.
|
Dars mavzusi Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish Ta’limiy ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Dars metodi
- II .O’tilgan mavzuni mustah kamlash .
- III . Yangi mavzu bayoni .
- VI . Yangi mavzuni mustahkamlash .
- Jo‘rayeva Sitora Sobirjon qizining Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-sinflar uchun bir soatlik ochiq
Dars mavzusi: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish . Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kichik o va bosh O harfini yozishga o’rgatish . Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mehnatsevarlik tuyg’usini tarbiyalash . Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish , asosiy chiziqlardan chiqib ketmasdan , unsurlarni to’g’ri yoza olishga oid bilimlarini shakllantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: o‘quv qurollarini saramjon saqlash; Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi . Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko’rsatish . Dars jihozi: Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar . Darsning borishi.
I .Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash . O’quvchilarga to’g’ri o’tirish , yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish qoidalarini eslatdi II .O’tilgan mavzuni mustah kamlash . O'quvchilarga doskada kichik va uzun ilmoqchalar chizdirish. O'quvchilarga o’quv qurollarining nomini bo’g’inga bo’lib o’rgatish . Ruch – ka , daf –tar , ki- tob , qa – lam , o’-chir – g’ich . Bu so’zlarda nechta tovush borligi va necha bo’g’indan iborat ekanligi aniqlanadi . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga O tovushi va O o harflariga oid bilimlarini qaytarish . O harfini talaffuz qildirib , uning unli tovush ekanligi haqida tushunchalar beriladi . Kichik o va bosh O harfining yozilishi ko’rsatiladi . Ko’rsatilgandan so’ng havoda yozish mashqi ko’rsatiladi . Shu o’rinda to’g’ri o’tirish qoidasi, ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruchka bilan barmoq oralig’ini eslatib o’tish . Darslikdan bo’g’inlarga bo’lib ko’rsatilgan rasm nomlarini ayting . Bu so’zlar necha bo’g’in ekanligi tushuntiriladi . Ol-ma 1 ta bo’gin Ol-cha 1 ta bo’gin Ol-ma-xon 2 ta bo’gin Dam olish daqiqasi . Qo’l muskullariga dam beruvchi mashqlar bajariladi . ( Ikki qo’l oldinga cho’zilgan holatda barmoqlar orasini ochish va yopish .) VI . Yangi mavzuni mustahkamlash . Yozuv daftari bilan ishlash . Daftardagi namunaga qarab yozish avom ettiriladi . Har bir yozilgan elementlar tahlil qilinadi . V. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish. VI. Uyga vazifa: Yozishni o’rganib kelish . Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti 210-guruh 2-kurs talabasi Jo‘rayeva Sitora Sobirjon qizining Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan 1-sinflar uchun bir soatlik ochiq Mavzu: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish . Download 435.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling