Дарс мавзуси Мустахкамлаш («Келишик шакллари»мавзуси юзасидан)


Download 29.54 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi29.54 Kb.
#1196112
  1   2   3
Bog'liq
dars ishlanma ko\'chirma gap


Dars mavzusi: Ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap
( 1 soat)
Dars maqsadi:
a) talimiy: o‘quvchilarga ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy bilim berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilar shaxsidagi oliy insoniy fazi latlarni mustahkamlash; tabiatni, ona-Vatanni asrab-avaylashga, unga sodiq farzand bo‘lishga, ona tilimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishga da’vat etish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqi va mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish, o‘qituvchilik sifatlarini shakllantirish, ya’ni kasbga yo‘naltirish.
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars uslubi: test, suhbat, muammoli ta’lim, mosini top, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, audio va video materiallardan foydalanish
Dars jihozi: 1) O‘. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ asarlari, gazeta materiallari 2) manzarali rasmlar, tarqatmalar;video va prezentatsiya materiallari
Dars shiori: “Maqsadimiz – mustaqil, erkin fikrlay oladigan yoshlarni tarbiyalash“.
DARS BORISHI:
1.Tashkiliy qism: 1. Salomlash. 2. Davomatni aniqlash
3. Ma’rifiy-ma’naviy daqiqa: “Suv – tanamizning qoni” mavzusida .
O’qituvchi ma’rifiy-ma’naviy daqiqani quyidagi topishmoq bilan boshlaydi: Ketaveradi, ketaveradi, orqasiga qaramaydi (suv). Shu tarzda o’quvchilar mavzuga yo’naltiriladi va quyidagi matn o’qitiladi:
Suv tanamizning qoni
Chanqagan insonga suv tutsangiz ,”Suvdek serob bo’ling”, deya min-natdorchilik bildiradi. Biz uchun serob tuyulgan suvning ham o’z o’lchami bor
Suv nafaqat chanqoqni bosadi, balki intellektual salohiyatni ham oshiradi. Olmoniya olimlari buni isbotlash maqsadida antiqa tajriba o’tkazishdi. Talabalarning ayrimlariga ko’p, ayrimlariga oz muqdorda suv ichirildi . Savol-javob qilinganda ko’p suv ichganlar dadil va aniq javob qaytargan. Demak, suvni me’yorida istemol qilish ruhiy tetiklik bag’ishlab,aqliy faoliyatni yaxshilaydi . Suvga tikilish asabni tinchlantirib, insonni tetiklashtiradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to’lib-toshib oqayotgan daryo-yu dengizlar, kunda iste’mol qilinadigan ichimlaik suvi vujudimizdagi yovuz quvvatlarni, yoqimsiz taassurotlarni o’ziga tortib olar ekan.
Mashhur okeanolog Jak Iv Kusto: “ Yer hammamizning umumiy uyumiz, suv esa tanamizning qoni”, - degan edi. Qissadan hissa shuki, suvga jon kabi e’tibor zarur. ( “Ma’rifat”gazetasi, 18-sentabr. Maftuna Keldiyorova maqolasidan).

Download 29.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling