Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi


Download 228.5 Kb.
bet16/21
Sana15.11.2023
Hajmi228.5 Kb.
#1775037
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Dars mavzusi Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanish

Sana:25.12.19
Darsning mavzusi: Qaratqich va tushum kelishigi. ( 217 -220-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy : tushum kelishigi va qaratqich kelishigi so‘roqlari, qo‘shimchasi va otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishini mustahkamlash. FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatga havas uyg‘otish, estetik tarbiyasini oshirish gullarni parvarishlash,tabiatga mehr uyg‘otishni tarbiyalash. orasta kiyinish va gigienik talablarga amal qilish.TK5 : maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK3 : o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: bilim, ko‘nikma, malakalami mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat ,“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” metodi, “Blits so‘rov” metodi.
Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi”jadvali, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 5daq
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.5daq
III. Yangi mavzuning bayoni20 daq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.10daq
V. Darsni yakunlash.5 daq
I.Tashkiliy qism. ‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta`minlash.Fasllar haqida kirish suhbati.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi:
Mardni mehnat yengolmas.

216-mashq yuzasidan 4-sinf ,,O‘qish kitobi“da berilgan birorta asar matnidan tushum kelishigidagi otlarni topib, ularni o‘zi bog ‘langan so‘z bilan birga ko‘chirish vazifasi tekshiriladi.

O‘quvchilar bilimini aniqlash uchun “Blits so‘rov” metodidan foydalanib o‘tilgan mavzu tekshiriladi. O‘qituvchi quyidagi tarqatmani o‘quvchilarga tarqatadi. O‘quvchilarning tarqatmasida “To‘g‘ri javob” ustunidagi raqamlar berilmaydi. O‘quvchi savolning javobi berilgan qator raqamini “O‘quvchining javobi” ustuniga yozadi. Javoblarni tekshirish maqsadida “To‘g‘ri javob” ustuniga to‘g‘ri javoblar raqami aytib turish orqali yozdiriladi. O‘quvchi o‘zining javoblari bilan to‘g‘ri javobni taqqoslab o‘ziga baho beradi.









Download 228.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling