A) –im, -ing, i B) –ni, -da D) –imiz, -ingiz
5. Ko‘plikda egalik qo‘shimchasini toping.
A) –im, -ing, -I B) –ni, -da D) –imiz, -ingiz, -lari
6. Bosh kelishik savolini toping.
A) Kimni? Nimani? B) Kim? Nima? D) Kimda? Nimada?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa.200-mashq
4- sinf “O`qish” kitobidagi “Nurxon va Burxon” she`ridan bosh kelishikdagi ot qatnashgan 4 ta gapni ko`chirib yozing.Bosh bo`laklarning tagiga tegishlicha chizing.
_____________O`IBDO`
Sana:19.12.19 Ona tili
Darsning mavzusi: Qaratqich kelishigi. (201-204-mashqlar.)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: qaratqich kelishigi va uning so‘roqlari, qo‘shimchasi haqida tushuntirish , otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish, so‘zlarining yozilishi va ma’nosini bilib olish orqali o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish: FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy : o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish: TK4 : sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish, o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish, sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
rivojlantiruvchi : o‘quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish. FK1: o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod , test , ta’limiy o‘yin.
Do'stlaringiz bilan baham: |